22:38 / 14.02.2021
5117
La Liga. «Real» «Valensiya»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa qaytdi

La Liga 23-turi doirasida «Real» o‘z maydonida «Valensiya»ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Foto: Real Madrid C.F.

12-daqiqada Benzema va 42-daqiqada Kroosning gollari Zidan shogirdlariga muhim g‘alabani keltirdi – 2:0.

Natijada «Real» ochkolari sonini 49taga yetkazib, 46 ochkoga ega bo‘lgan «Barsa»dan o‘zib, 2-o‘ringa qaytdi. «Valensiya» esa 24 ochko bilan 12-o‘rinda qoldi.

Yana bir bahsda «Real Sosedad» safarda «Xetafe»ni mag‘lub etib, 38 ochko bilan 5-o‘ringa chiqdi.

La Liga. 23-tur
Real Madrid – Valensiya 2:0

Gollar: 1:0 – 12 Benzema, 2:0 – 42 Kroos.
Real Madrid – Kurtua, Nacho, Varan, Karvaxal (Vaskes, 28), Mendi, Modrich (Isko, 79), Kazemiro, Asensio (Arribas, 71), Kroos, Vinisius Junior, Benzema (Mariano Dias, 79).
Valensiya – Domenek, Gabriel Paulista, Gayya, Ferru, Vass (Li Kan In, 64), Soler (Oliva, 64), Rachich, Valexo (Gameyro, 46), Gedesh (Musa, 46), Terri Korreyya, Maksi Gomes (Kutrone, 83).

Xetafe – Real Sosedad 0:1
Gol: 0:1 – 30 Isak.

Xetafe – Soriya, Olivera (Unal, 73), Shakla, Suares (Kubo, 58), Nom, Arambarri, Kukurelya, Maksimovich (Alenya, 58), Kabako, Ernandes (Portilo, 73), Mata (Anxel Rodriges, 78).
Real Sosedad – Remiro, Elustondo, Saldua, Monreal, Subeldiya, Silva (Le Norman, 87), Ilyarramendi (Gevara, 88), Yanuzay (Portu, 74), Merino, Oyarsabal (Barrenechea, 79), Isak (Fernandes, 79).

Top