18:20 / 15.02.2021
13097
Afg‘oniston-Eron chegarasidagi bojxona postida portlash oqibatida 500ga yaqin yuk mashinasi yonib ketdi

Ma'lumotlarga ko‘ra, benzin tashuvchi mashina portlashi oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘inning umumiy maydoni qariyb 20 ming kvadrat metrni tashkil etgan.

Foto: Reuters

Afg‘oniston-Eron chegarasida joylashgan bojxona postidagi portlash oqibatida 500ga yaqin yuk mashinasi yonib ketdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

 Voqea Hirot viloyatidagi Islom-Qal'a bojxona postida yuz bergan. Ma'lumotlarga ko‘ra, benzin tashuvchi mashina portlashi oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘inning umumiy maydoni qariyb 20 ming kvadrat metrni tashkil etgan. Hodisa natijasida 500ga yaqin yuk mashinasi yonib ketgan, kamida 20 kishi jarohatlangan.

Eron favqulodda vaziyatlar xizmati vakili Muhsin Najotning ma'lumot berishicha, yong‘inga qarshi kurashishga 20ta o‘t o‘chirish brigadasi va 21ta tez tibbiy yordam mashinasi safarbar qilingan. 

Ma'lumot berilishicha, yong‘in elektr uzatish liniyalariga ham zarar yetkazgan.

"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in 50 million dollardan ortiq zarar keltirdi", - dedi Hirot savdo-sanoat palatasi rahbari Yunus Qozizoda.

Top