20:17 / 15.02.2021
5907

Filippin AQShdan harbiy yordam hajmini ko‘paytirishni talab qildi

Filippin prezidenti vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Filippin o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikka qaramasdan, Manila Vashingtondan Pokistonga berilayotganidan ko‘ra kamroq yordam olmoqda.

Agarda Vashington Manila bilan xavfsizlik bo‘yicha shartnomani saqlab qolishni istasa, AQSh Filippinga mudofaa sohasidagi yordam hajmini oshirishi lozim, dedi Filippin prezidenti vakili Harri Roke.

"Prezident shuni xohlayapti: agarda bundan buyon ham hududimizdan foydalanishni istasangiz, buning uchun kompensatsiya to‘lashingizni kutmoqdamiz. Bu shunchaki tanga berish, avariya holatidagi qurilmalar bo‘lmasin", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Associated Press (AP) agentligi.

 Rokening aytishicha, AQSh va Filippin o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikka qaramasdan,  Manila Vashingtondan Pokistonga berilayotganidan ko‘ra kamroq yordam olmoqda.

AP agentligining eslatishicha, o‘tgan haftada Filippin prezidenti Rodrigo Duterte AQSh Manila bilan mudofaa kelishuvi o‘z kuchida qolishini istasa, "pul to‘lashi kerak"ligini aytgan.

Mavzuga oid
Top