19:59 / 15.02.2021
6638
O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston milliy jamoasi Iordaniyani mag‘lub etdi

O‘zbekiston milliy jamoasi BAAdagi yig‘in doirasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini Iordaniya milliy jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Dubaydagi BAA futbol assotsiatsiyasi stadionida kechgan uchrashuv keskin kurashlar ostida boshlanib, 12-daqiqadayoq raqib futbolchisi Temurxo‘ja Abduxoliqovni yuziga urgani uchun maydondan chetlatildi. 

Vadim Abramov shogirdlari son jihatdan maydonda iordaniyaliklardan bir kishi ko‘p bo‘lishsa-da, birinchi bo‘lim tengkurashlar ostida kechib hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham o‘yindagi vaziyat tezda o‘zgarmadi. Nihoyat, Abramovning tarkibdagi o‘zgarishi natija berdi. 69-daqiqada Hojimat Erkinov o‘rniga Husniddin G‘ofurov maydonga tushgach, u Oybek Bozorovning uzatmasidan keyin dastlabki urinishidayoq Iordaniya darvozasini ishg‘ol etdi – 1:0.

80-daqiqaga kelib yana o‘sha Oybek Bozorovning darvozabonni dog‘da qoldirib, jarima maydoni ichida to‘pni Temurxo‘ja Abduxoliqovga yetkazib berganidan keyin 11-raqamli futbolchi raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi – 2:0.

O‘yin oxirigacha yana bir qator golli vaziyatlar yaratilgan bo‘lsa-da, o‘rtoqlik uchrashuvi O‘zbekiston milliy jamoasining ikkita to‘p farqidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

15 fevral (dushanba)
O‘rtoqlik uchrashuvi. Dubay. BAA FA stadioni.
O‘zbekiston – Iordaniya – 2:0
Gol
: Husniddin G‘ofurov 71, Temurxo‘ja Abduxoliqov, 80.
O‘zbekiston: Abduvohid Ne'matov, Hojiakbar Alijonov (Murod Xolmuhammedov, 46), Islom To‘xtaxo‘jayev (Igor Golban, 84), Islom Qobilov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Odil Hamrobekov, Sanjar Qodirqulov (Nurillo To‘xtasinov, 86), Akmal Mozgavoy (Vagiz Galiulin, 46), Aziz Turg‘unboyev (Oybek Bozorov, 46), Hojimat Erkinov (Husniddin G‘ofurov, 69), Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Zaxira: Botirali Ergashev, Farrux Sayfiyev, Oybek Rustamov, Mirjahon Mirahmadov, Husniddin Aliqulov.
Chetlatish: Iordaniyalik yarimhimoyachi, 12.

Top