13:49 / 15.02.2021
3575
Pokistonga neft va gaz mahsulotlari eksportini kengaytirish bo‘yicha kelishuv imzolandi

«O‘zbekneftgaz» AJ va Pokistonning «AKD Group» korporatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.

«AKD Group» va «O‘zbekneftgaz» o‘rtasida Pokistonga neft va gaz mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil etish borasida muzokaralar o‘tkazilgan.

Uchrashuv yakunida «AKD Group» va «O‘zbekneftgaz» o‘rtasida eksport masalalari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga oid qator kelishuvlar imzolangan.

Ma'lumot uchun, «AKD Group» investitsiya korporatsiyasiga 1973 yilda asos solingan. Hozirda ushbu kompaniya ko‘chmas mulk, vositachilik va moliyaviy xizmatlar, tabiiy resurslarni qazib olish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatadi.

Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida eksportni qisqartirib, gazni aholi ehtiyojlariga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgandi.

Top