08:09 / 15.02.2021
7977

Toshkentda «Kobalt» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan 2ta «Kobalt»ga kelib urildi

Joriy yilning 14 fevral kuni soat 19:00larda, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasida haydovchi, 2003 yilda tug‘ilgan (haydovchilik guvohnomasi olmagan) M.M. "Kobalt" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu ko‘chada joylashgan "Kardiologiya markazi" ro‘parasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u avtobus bekatiga urilib, bekat ortidagi avtoturargohda to‘xtab turgan haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan F.E. boshqarib kelgan "Kobalt" rusumli hamda haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan A.X. boshqarib kelgan yana bir "Kobalt" rusumli avtomobillarga kelib urilgan.

To‘qnashuv vaqtida piyoda, 1988 yilda tug‘ilgan B.M. tan jarohati olib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Mavzuga oid
Top