21:39 / 16.02.2021
18879

Amerikaliklar AQSh tarixidagi eng yaxshi va eng yomon prezidentlarni aytishdi

Amerikaliklar Barak Obama va Avraam Linkolnni AQSh tarixidagi eng yaxshi prezidentlar deb atashdi. Bundan YouGov xizmati va The Economist markazi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda.

Donald Tramp va Barak Obama

Economist survey va YouGov AQSh aholisining turli davrlarda faoliyat yuritgan davlat rahbarlari siyosatiga nisbatan munosabatini aniqlovchi tadqiqot o‘tkazdi. 6-9 fevral kunlari 1,5 ming amerikalik o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma davomida AQShning eng yaxshi va eng yomon prezidentlari aniqlandi.

Natijalarga ko‘ra, AQShning 44-prezidenti Barak Obama eng yaxshi prezidentlar ro‘yxati yetakchisiga aylandi. Unga respondentlarning 18 foizi ovoz bergan. 2-o‘rinni 17 foiz ovoz bilan Avraam Linkoln, 3-o‘rinni Donald Tramp (13 foiz), keyingi o‘rinlarni esa Franklin D. Ruzvelt (12 foiz), Rayan Reynolds (10 foiz) va Jorj Vashington (9 foiz) egallagan.

Respondentlar fikriga ko‘ra, eng yomon prezidentlar ro‘yxatidan Donald Tramp (46 foiz), Barak Obama (24 foiz), Richard Nikson (5 foiz), Kichik Jorj Bush (4 foiz) va Bill Klinton (4 foiz) joy olgan.
 
AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden so‘rovnomaga qo‘yilmagan, chunki o‘z ishini boshlaganiga hali bir oy ham bo‘lmadi.

Respublikachilar fikriga ko‘ra, eng yaxshi prezidentlar oltitaligi quyidagicha ko‘rinish olgan: Tramp (36 foiz), Ronald Reygan (18 foiz), Linkoln (13 foiz), Vashington (11 foiz), Jon Kennedi (5 foiz), Franklin Ruzvelt (3 foiz). Demokratlar esa Obamani (34 foiz), Ruzveltni (19 foiz), Linkolnni (17 foiz), Kennedini (7 foiz), Vashingtonni (6 foiz),  Bill Klinton (4 foiz) va Jimmi Karterni (1 foiz) eng yaxshi prezidentlar deb topishgan.

Mavzuga oid
Top