17:49 / 16.02.2021
4876

Hindistonda yo‘lovchi avtobus kanalga qulashi oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Haydovchining o‘zi va yana yetti kishi omon qolgan.

Foto: Madhya Pradesh District Public Relation Office Sidhi via AP

Hindistonning Madhya-Pradesh shtatida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus Sharda kanaliga quladi. Salonda 60 kishi bo‘lib, kamida 40 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi ABC News.

 Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Haydovchining o‘zi va yana yetti kishi omon qolgan. Hozirda 40 kishi halok bo‘lgani ma'lum. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ushbu halokatni "dahshatli" deb atadi va halok bo‘lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi. Uning ma'lum qilishicha, halok bo‘lganlarning oilalariga kompensatsiya to‘lanadi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Hindistonda yo‘l-transport hodisalari oqibatida yiliga 110 mingdan ortiq kishi halok bo‘ladi.

Top