11:59 / 16.02.2021
4914
MIMAR Development kompaniyasi: Tashkent INDEX savdo va ishlab chiqarish majmuasining sotuv ofisi ochildi

MIMAR Development kompaniyasi Tashkent INDEX zamonaviy savdo va ishlab chiqarish majmuasini taqdim etadi.

15 fevral kuni Tashkent INDEX zamonaviy savdo va ishlab chiqarish majmuasining tantanali taqdimoti va sotuv ofisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot jarayonida loyiha afzalliklari va tafsilotlari ko‘rsatildi. Xususan, 71 gektar maydonda quyidagi xizmatlar ko‘zda tutilgan:

  • 3000 dan ortiq do‘kon;
  • 130 ta ishlab chiqarish maydonlari;
  • Ishlab chiqarish joyidanoq qulay va tezkor eksport qilish uchun logistika markazi va unga bog‘langan yuk avtomobillar bazasi hamda temir yo‘l yo‘nalishi;
  • Tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini namoyish etishga mo‘ljallangan zamonaviy ko‘rgazmalar markazi;
  • Kafe va restoranlar, banklar filiallari va notarius xizmatlari;
  • 120 ta xona va maxsus jihozlangan konferens-zallariga ega mehmonxona;
  • Umumiy sig‘imi 7500 ta avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargohlar;
  • Viloyatlararo avtobus va taksi stansiyasi;
  • Majmua hududi bo‘ylab harakatlanuvchi muntazam elektrobus qatnovi.

Tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov, Yangihayot tumani hokimi Hayot Inog‘omov hamda loyihani amalga oshirishda faol ishtirok etayotgan quyidagi xorijiy mutaxassislar nutq so‘zladilar:

  • Turgay Yeshil – Maven (Turkiya) kompaniyasi vakili, MIMAR Development kompaniyasining sotuvlar bo‘yicha maslahatchi;
  • Murat Bozkush – MIMAR Service boshqaruv kompaniyasining ijrochi direktori.

Ularning har biri ishlab chiqarish maydonlari, tijorat do‘konlari va eksport imkoniyatlarini o‘zida mujassam etuvchi loyiha to‘g‘risida ochiq va batafsil ma'lumotlarni taqdim etdi.

Majmuaning boshqaruv masalasiga alohida e'tibor qaratildi. MIMAR Service kompaniyasining ijrochi direktori Murat Bozkushning aytishicha, Tashkent INDEX hududida tadbirkorlar hamda mehmonlar qulayligi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi. Xususan, bu yerda qo‘riqlash va videonazorat xizmatlari, tibbiyot va yong‘in xavfsizligi shoxobchalari, shuningdek tozalash, obodonlashtirish hamda kommunikatsiya tizimlarining uzluksiz ishlashini ta'minlash bo‘yicha xizmati tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bularning barchasi evaziga Tashkent INDEX biznes yuritish hamda shoping uchun eng qulay majmuasiga aylanadi.

Tashkent INDEX hududida tadbirkorlik faoliyatini olib borish istiqbollari borasida MIMAR Development sotuv ofisida, shuningdek, kompaniyaning axborot markazi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib batafsil ma'lumot olishingiz mumkin bo‘ladi. Menejyerlar Tashkent INDEX haqida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga bajonidil javob beradilar.

Axborot markazi: +998 55 900 99 99

Manzil: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, Yangi Sergeli va Qipchoq ko‘chalari kesishuvi.

Mo‘ljal: Sergeli yarmarkasidan 200 metr.

Sotuv ofisi dam olish kunlarisiz 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Sayt: mimar.uz

Telegram: t.me/mimargroupuz

Facebook: fb.com/mimaruzbekistan

Instagram: @mimargroup.uz

Reklama huquqi asosida

Top