14:45 / 16.02.2021
7486
SSV: Termizda olti nafar egizak tug‘ilgani haqidagi xabar haqiqatga zid

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida olti nafar egizak: to‘rt nafar qiz, ikki nafar o‘g‘il tug‘ilgani va bu O‘zbekiston uchun rekord ko‘rsatkich ekani haqida xabar tarqaldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati holatga oydinlik kiritish maqsadida Surxondaryo viloyat cog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Komil Abdivohidov bilan bog‘landi.

— Bu xabar haqiqatga zid, — dedi boshqarma boshlig‘i. — Termiz shahri va tumanida bunday tug‘ilish qayd etilmagan. Oxirgi ko‘p farzand tug‘ilishi hududimizda 3 fevral kuni bo‘lgan, ya'ni Angor tumani “To‘lqin” mahallasida istiqomat qiluvchi 1990 yilda tug‘ilgan Mahbuba Abdumurodova shu kuni uch farzandini kesarcha kesish yo‘li orqali dunyoga keltirgan. Birinchi farzandi qiz (vazni 2950 gramm, bo‘yi 49 sm), ikkinchisi o‘g‘il (vazni 2900 gramm, bo‘yi 47 sm) va uchinchisi ham o‘g‘il (2200 gramm bo‘yi 46 sm). Hozirda ularning ahvoli qoniqarli.

Top