20:00 / 16.02.2021
6502
Reklama

Urganch shahrida UZTELECOM'ning yangilangan savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ochildi

2021 yil 15 fevral kuni Urganch shahrida UZTELECOM Milliy operatorining yangilangan, zamonaviylashtirilgan savdo va xizmat ko‘rsatish ofisining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bayram tantanasida Kompaniya rahbariyati va Xorazm filiali rahbariyati vakillari ishtirok etishdi. Tadbir mehmonlariga ofis bilan tanishish safari o‘tkazildi, ular u yerda Kompaniya xizmatlariga ulanish imkoniga ega bo‘ldilar, shuningdek esdalik sovg‘alari ham topshirildi.

2020 yil oxirida UZTELECOM butun Respublika bo‘ylab savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarini modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyiha boshlanishi haqida e'lon qildi. Ushbu loyihaning boshlang‘ich bosqichi Andijon shahrida yangilangan ofisning ochilishi bo‘lib, u yerda mehmonlarga Kompaniya xizmatlarining yangi imkoniyatlari namoyish etildi.

O‘zMobayl filialining savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari rekonstruksiya qilish loyihasining asosiy konsepsiyasi – abonentlar uchun eng ergonomik va qulay ofislarni yaratishdir. Endi ular UZTELECOM Milliy operatorining barcha xizmatlarini, ya'ni uy Internetidan tortib mobil aloqagacha bo‘lgan xizmatlarni bir joyda, joylashgan hududidan qat'i nazar, bir xil darajada tez va qulay tarzda ulash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Loyiha rejasiga ko‘ra, Respublikamizning barcha viloyatlarida yangilangan ofislar bir xil Yeco Hi-Tech uslubida loyihalashtiriladi va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun zamonaviy texnologik yechimlar bilan jihozlanadi.

«2020 yil UZTELECOM uchun muhim yil bo‘ldi – biz mobil aloqa sohasida sezilarli yutuqlarga erishdik. Ko‘plab ijtimoiy loyihalar amalga oshirildi, buning natijasida O‘zbekistonning eng chekka nuqtalarida yashovchi aholi ham endi mobil aloqa xizmatlaridan bemalol foydalanishlari mumkin! Bunday loyihalar Kompaniya uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, 2020 yilda bizning abonentlar bazamiz 2 millionga o‘sdi va bu 5 yil ichida biz aholining ishonchi va mehrini qozonishga muvaffaq bo‘lganimizning haqiqiy dalilidir. Shuningdek, biz butun O‘zbekiston bo‘ylab savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani boshladik. Dunyo miqyosidagi xalqaro tajriba va tendensiyalarni hisobga olgan holda biz yagona konsepsiyani ishlab chiqdik, ya'ni barcha abonentlar UZTELECOM'ning keng turdagi telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘lgan ergonomik, shinam ofislardir. O‘zbekistondagi barcha mavjud savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarining o‘zgarishi Kompaniyamizni modernizatsiya qilish va takomillashtirish yo‘lidagi yana bir qadamdir. Urganchda yangilangan savdo va xizmat ko‘rsatish ofisining ochilishi ushbu yirik loyihaning davomi bo‘ldi», – dedi O‘zMobayl filialining direktor o‘rinbosari Islamov Javlon.

Mehmonlarni yoqimli musiqa, tantanali ochilish marosimi, interaktiv tanlovlar va albatta esda qolarli sovg‘alar qarshi oldi. Shuningdek, xodimlar ofis bo‘ylab qisqa ekskursiya o‘tkazdilar va tashrif buyuruvchilarni barcha yangiliklar bilan tanishtirdilar.

«Biz uchun bunday muhim tadbirning bir qismiga aylangan har bir mehmonimizga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman! Biz shahrimiz aholisiga yuqori sifatli mobil aloqa va eng yaxshi xizmatni taqdim etishdan mamnunmiz. Modernizatsiya qilingan ofis har bir abonent uchun xizmat va o‘zlarini qiziqtirgan ma'lumotlar bilan tez va qulay tarzda tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladigan tarzda loyihalashtirilgan. Ishonchimiz komilki, ushbu yangilanishlar aholi tomonidan iliq qabul qilinadi va ishonchli aloqalarimizni o‘rnatish uchun asos bo‘ladi!» – dedi O‘zMobayl filialining Xorazmdagi hududiy direktori.

Bizning veb-saytimiz: uztelecom.uz

Yagona call-markaz: 1099

Facebook: fb.com/uztelecom

Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz

Instagram: @uztelecomuz

Telegram: t.me/uztelecomuz

Reklama huquqi asosida

Top