09:00 / 17.02.2021
5005
Alfraganus savdo mavzesida tijorat binolarining sotuvi boshlanmoqda

18 fevral kuni Alfraganus savdo-ko‘ngilochar mavzesida yuqori rentabellikka ega tijorat ko‘chmas mulki sotuvlari boshlanadi.

Alfraganus – bu poytaxt uchun biznes maydonlarini tashkil qilishning yangi formati. Savdo, xizmat ko‘rsatish va ko‘ngilochar yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan ushbu zamonaviy mavzeda bir necha ko‘chalar tarmog‘i hamda turli hajmdagi tijorat binolari bunyod etiladi. Mavzening keng miqyosi nafaqat savdo maskanlari, shu bilan birga muhim jamoat joyiga aylanishiga imkon beradi.

Loyihaning investitsiya salohiyatini baholash Knight Frank xalqaro konsalting kompaniyasining mustaqil ekspertlari tomonidan amalga oshirildi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, mavzega haftasiga 210.000 kishi, oyiga 840.000 kishi va yiliga 10.000.000 dan ortiq odam tashrif buyuradi. Obektni foydalanishga topshirish vaqtida loyihaning kapitallashuvi 30 foizdan oshadi.

Alfraganus savdo mavzesi – bu biznesingizning barcha imkoniyatlarini ishga solish uchun xizmat qiladigan quyidagi funksional va texnik xususiyatlarga ega:

  • Poytaxtning Mirobod tumani markazida qulay transport harakatiga ega foydali manzil;
  • Obektning keng ko‘lamli maydoni − 110000 kvadrat metr bo‘lib, shundan qurilayotgan maydon 55000 kvadrat metrni tashkil etadi;
  • 32 dan 3244 kvadrat metr maydongacha turfa texnik xususiyatlar va parametrlarning individual to‘plamiga ega 507 ta ko‘p formatli tijorat joylari;
  • Biznesingiz turi va parametrlariga mos keladigan 14 turdagi fasad dizayni;
  • 3000 kvadrat metrdan keng landshaft bezagi, ko‘kalamzor hudud hamda 1,5 kilometrdan uzun sayr yo‘laklari;
  • 1500 avtomobil uchun mo‘ljallangan 26000 kvadrat metr maydonga ega aylana avtoturargoh;
  • Savdo mavzesi hududiga 6 ta kirish joyi.

Sotuvlarning boshlang‘ich bosqichi − bu foydali va yuqori rentabellikka ega sarmoyaning boshlanishi hisoblanadi. Dastlabki bosqichda tijorat binolari xaridorlarga ma'qul narxlarda sotuvga qo‘yiladi. Bundan tashqari, tadbirkorlarga nafaqat tijorat ko‘chmas mulki, balki birinchi kunlardan boshlab barqaror daromad keltiradigan tayyor ijara biznesi uchun ko‘plab istiqbolli takliflar taqdim etiladi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Sayt: bizninguylar.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Reklama huquqi asosida

Top