22:45 / 17.02.2021
5573
AQShda koronavirusning gibrid shtammi aniqlandi 

AQShda koronavirusning ikkita shtammi birlashishi oqibatida hosil bo‘lgan yangi gibrid mutatsiyasi aniqlandi. 

Foto: Jennifer Lorenzini/Reuters

Daily Mail nashrining yozishicha, mutatsiyani Los-Alamos milliy laboratoriyasi xodimi Bett Korber aniqlagan. Uning aytishicha, gibrid shtamm virusning “britancha” va “amerikancha” mutatsiyalari birlashishi oqibatida hosil bo‘lgan.

Ayni vaqtda ushbu mutatsiya bilan bitta kasallanish holati qayd qilingan. Biroq mutaxassislar bunday holatlar ko‘proq bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Top