13:41 / 17.02.2021
4055
“Bir bolam bemor bo‘lsa ham mayli edi...” – oqqonga shifo izlayotgan ota-onalar qayg‘usi

Qayg‘u, alam, tashvish har bir insonning boshidan o‘tgan: har kimda har turli yo‘sinda. Ammo shunday tashvishlar borki, ularni eshitib o‘z qayg‘ularimizdan shukur qilamiz. Farzandlari oqqon kasalligi bilan kurashayotgan ota-onalar shu tashvishda yashashadi.

Hech banda bolam demasin

7 yashar Jasurbek Toshtemirov bir yildan buyon mash'um kasallik iskanjasida. Onasi Nozimaning aytishicha, bu kasallik bilan kurashish juda qiyin. “Bolangizga yordam berolmaysiz. Oziq-ovqatiga, yurib-turishiga yordam berish mumkin, lekin ichidagi dardiga davo topolmas ekansiz. Ayniqsa, umurtqasidan kimyoterapiya muolajalari olayotganda juda qiynaladi”, – deydi ona.

Jasurbek Toshtemirovga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 1564 0653 onasi Nozima Qo‘zichoqova nomida

Sberbank: 4276 4000 3417 1612 tog‘asi Fazliddin Qodirov nomida

Viza: 4187 8000 0060 7903 buvasi Muhammadjon Qirg‘izboyev nomida

Telefon: +998991108188 (onasi)

Ikkala o‘g‘li dardmand oila ko‘mak so‘raydi

Bu oila boshiga tushgan tashvishning salmog‘i ikki hissa murakkabroqdir. Katta o‘g‘il Eldorbek ikki yil muqaddam oqqon kasaliga chalinib, davolanib kelmoqda. Onasi Shohida opa bolalari uchun jonini berishga-da tayyor: “Bolam mening siqilmasligim uchun chidashga, shu kasallikni yengishga harakat qilyapti. Bir bolam kasal bo‘lsa ham mayli edi, ikkinchisida ham og‘ir dard borligi qanday sinov bo‘ldi?..” deydi ko‘zda yosh bilan. Chunki oqqon ular uchun bu yagona qayg‘u emas: kichik o‘g‘il Elnurbekka bolalar tserebral falaji tashxisi qo‘yilgan. Ikki o‘ta murakkab dard bilan kurashayotgan oila yaxshilar yordamiga muhtoj.

Eldor va Elnur Urayimjonovlarga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 7470 0067 otasi Baxtiyor Mirzahmedov nomida

Sberbank: 4276 3800 7794 2659 buvisi Aytaji Mahamatova nomida

Humo: 9860 0301 7789 5981 onasi Shohida Mahamatova nomida

Telefon: +99891620 56 46 (onasi)

Odamlarning dardiga davo bo‘lgaysan...

“Eng avvalo farzandimizning borligiga, shu dunyoda yashab turganiga, o‘z oyog‘i bilan yurganiga, nafas olib turganiga shukur qilishimiz kerak ekan. Men shuni tushunyapman. O‘g‘lim ulg‘aysa vrach bo‘lishini xohlayman, vrach bo‘lib odamlarning dardiga davo bo‘lgaysan bolam deyman”,-deb yig‘laydi onasi Sevara.

Farruxbek Saparboyevga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0423 2352 6391 otasi Umar Matnazarov nomida

Sberbank: 4276 4100 1286 6935 qarindoshi Orifjon Yusupov nomida

Viza: 4278 3100 2162 2725 onasi Sevara Gulimova nomida

Telefon: +998937188701 (onasi)

Xuddi ketsangiz bolangizdan ayrilib qoladigan darajada bo‘lib qolasiz

Aksariyat bolalar bemorlikda onasidan ayrilmasa, Zaynura otasining yonidan jilmaydi. “Na uxlay olasiz, na biror joyga bora olasiz, na keta olasiz. Kasalxona atrofida aylanib yurishdan boshqa hech narsa qilolmaysiz. Xuddi ketsangiz qizingizdan ayrilib qoladigan darajada bo‘lib qolasiz”,-deydi Zaynuraning otasi  Adham Hoshimov. Jizzaxlik oila qizlarining sog‘ayib ketishida saxiylardan umidvor.

Zaynura Jo‘raboyevaga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0604 2455 4393 otasi Adham Hoshimov nomida

Sberbank: 4187 8000 3051 6256 qarindoshi Azizbek Rahmonqulov nomida

Viza: 5336 6903 9110 8539 otasi Adham Hoshimov nomida

Telefon: +998941908709 (otasi)

Saxovatpeshalik insonlarning eng yaxshi fazilatlaridan biri hisoblanib, saxiy kishilarga oxiratda ulkan ajr - savoblar bo‘lishi aytilgan. Ehsonlarimiz orqali Allohga yaqin bo‘lishlik nasib etsin barchamizga!

Gulmira Toshniyozova tayyorladi,
tasvirchi Mirvohid Mirrahimov.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top