20:30 / 17.02.2021
5207

Edinburg gersogi shifoxonaga yotqizildi

Londonda Edinburg gersogi, qirolicha Yelizaveta II’ning turmush o‘rtog‘i 99 yoshli shahzoda Filipp shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Bukingem saroyi matbuot xizmatiga asoslanib AR nashri xabar bermoqda.

Shahzoda Filipp o‘zini yomon his qila boshlagach, 16 fevral kuni kechqurun qirol Eduard VII nomidagi xususiy klinikaga joylashtirilgan. Saroy matbuot xizmati gersogning shifoxonaga yotqizilishini shoshilinch emas, ehtiyot chorasi sifatida baholagan, shaxsiy shifokor shuni tavsiya qilgani qayd etilgan.

Shahzoda ko‘rik uchun olib borilgach, bir necha kunni shifokorlar kuzatuvida o‘tkazadigan bo‘lgan.

Yanvar oyida qirolicha va uning turmush o‘rtog‘i koronavirusga qarshi emlangandi. Taxt vorisi, shahzoda Uelskiy va uning rafiqasi Kamilla fevral oyi boshida vaksinaning ilk dozasini qabul qilishdi. Shahzoda Charlz 2020 yilning bahorida koronavirusga chalingandi.

BBC News manbasi xabar qilishicha, Edinburg gersogi o‘zini yomon his qilishi koronavirus bilan aloqador emas. Qirolicha Vindzor qasrida qolgan.

Shahzoda Filipp shu yilning 10 iyunida 100 yoshni qarshilaydi. U 2017 yildan keyin ommaviy tadbirlarda ishtirok etmay qo‘ygan, u o‘sha yili yo‘l-transport hodisasiga yo‘liqqach, avtomobil haydashni bas qilgan.

2011 yilda gersog qon tomirlaridagi muammo tufayli shoshilinch ravishda jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan, 2018 yilda u yana jarrohlik stoliga yotgan. So‘nggi marta u 2019 yil dekabrida shifoxonaga olib borilgan, o‘shanda u profilaktika maqsadida rejali ravishda davolangani ma'lum qilingandi.

Pandemiya boshidan buyon qirolicha Yelizaveta II Vindzor qal'asida o‘zini izolyatsiya qilgan. U hujjatlar bilan ishlamoqda, telefon muloqotlari o‘tkazmoqda va video-konferensiyalarda ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, unga 24 xodim xizmat ko‘rsatmoqda - smena bo‘yicha 12 nafardan. Smena avvalida ular bir hafta davomida o‘zlarini ihotalashadi va koronavirus testini topshirishadi. Ular uch haftadan ishlashadi.

2020 yil oktyabrida qirolicha ilk marta o‘zini ihotalash rejimini to‘xtatib, Skripalning «Novichok» bilan zaharlanishi bo‘yicha ishni tadqiq qilgan Porton-Daun laboratoriyasining harbiy ekspertlari bilan uchrashgandi.

Xabar qilishlaricha, dekabrda qirolicha va uning turmush o‘rtog‘i ilk marta Vindzorda Rojdestvoni oilaning qolgan a'zolarisiz o‘tkazishgan.

Mavzuga oid
Top