19:37 / 17.02.2021
2240
Samarqand viloyatida alimentdan qarzdor ota ikki farzandi uchun uyini berdi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida alimentdan qarz bo‘lgan ota bolalariga uyini hisoblab berdi. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudi tomonidan 2017 yil 14 iyunda qarzdor O.A.dan da'vogar X.E.ning foydasiga ikki farzandining moddiy ta'minoti uchun har oyda daromadning uchdan bir yarmi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Shundan so‘ng mazkur ijro hujjati MIB Paxtachi bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Ta'kidlanishicha, majburiy ijro harakatlari davomida MIB ijrochilari tomonidan qarzdor otaga kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlar tushuntirilganda, u o‘z nomida bo‘lgan uyni farzandlariga berish istagini bildirgan.

Natijada, alimentdan qarz bo‘lgan ota o‘zaro kelishuv asosida Paxtachi tuman hududida joylashgan uyini sobiq turmush o‘rtog‘ining nomiga rasmiylashtirib bergan va mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tugatilgan.

Top