08:28 / 17.02.2021
17335

Toshkentda «BMW» yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga urildi, ikki kishi vafot etdi

Joriy yilning 16 fevral kuni soat 22:45larda, Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 24-mavze hududida joylashgan «Maqsad» kafesi qarshisida, haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan R.R. «BMW» rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan S.S. boshqaruvida bo‘lgan, yo‘l chetida to‘xtab turgan «Isuzu» rusumli yuk avtomobiliga urilib, YTH sodir etgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida «BMW» rusumli avtomobil haydovchisi R.R. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchilari, 1990 yilda tug‘ilgan B.K. shifoxonaga olib ketilayotganda, 1994 yilda tug‘ilgan V.E. hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top