11:56 / 17.02.2021
4156

Toshkentda kriptovaluta olib berishni aytib, fuqaroni 152 mln so‘mga aldab ketishdi

2019 yilning iyun oylarida 46 yoshli Mahmudjon D. Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan “Do‘stlik” metro bekati oldida 35 yoshli Sherzod A.ga  kriptovaluta aksiyasini sotib olishida yordam berishini, aksiyadan katta foyda ko‘rishini aytgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u Sherzod A.dan firibgarlik yo‘li bilan 152 mln so‘m miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritib, bergan va'dasini bajarmasdan, pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Mahmudjon D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida sizga tanish bo‘lmagan insonlarning qo‘llariga o‘z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda”, - deya yakunlangan xabar.

Mavzuga oid
Top