12:00 / 18.02.2021
9630
Reklama

AKFA Universiteti turkiyalik hamkorlar bilan yangi fakultetlar ochmoqda

AKFA Universiteti Turkiyada faoliyat yuritadigan oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda «Arxitektura va dizayn» hamda «Qurilish» fakultetlarini ochmoqda.

AKFA Universiteti Turkiyaning TED Universiteti bilan ta’lim sohasida hamkorlik shartnomasini imzoladi. Shartnoma doirasida AKFA Universitetida «Arxitektura va dizayn» hamda «Qurilish» fakultetlari ochiladi.

O‘zaro kelishuvga ko‘ra, TED Universiteti mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zining o‘quv dasturlarini AKFA Universitetiga taqdim etadi. Shu bilan birga, TED Universiteti O‘zbekistonga yuqori malakali professorlarni jalb qilishda ko‘mak beradi.

Talabalar ta’lim olish jarayonida nazariy bilimlar bilan birga o‘z faoliyatlarida zamonaviy dasturiy ta’minotlardan foydalanishni ham o‘rganadilar.

Misol uchun, «Qurilish» fakulteti talabalari Visual Basic, C Sharp, Matlab, Autocad Revit, All Plan (BIM), Primavera, MS Project, SAP (Structural) va Navisworks dasturlaridan foydalanishni o‘rganadilar.

«Arxitektura va dizayn» fakulteti o‘quv dasturiga esa All Plan, 3D Max, Autocad Revit, Photoshop, Sketch up va Archicad dasturlari bo‘yicha modullar kiritilgan.

Yangi fakultetlar uchun to‘lov kontrakti miqdori yiliga 27 million so‘m qilib belgilangan. Talabalarning bir qismi grant asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ta’lim ingliz tilida olib boriladi. Abituriyentlar IELTS (kamida 5 ball), TOEFL iBT (kamida 50 ball) yoki Duolingo English Test (kamida 80 ball) sertifikatini taqdim etishlari shart. Ikkala fakultetga abituriyentlar matematika fanidan imtihon topshiradilar.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Manzil: Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li, 17

Telefon: +998 71 200 01 23

Veb-sayt: www.akfauniversity.org

E-mail: info@akfauniversity.org

Telegram: @akfauniversity / @akfaunibot

Facebook: fb.com/akfauniversity

Instagram: @akfauniversity

Reklama huquqi asosida

Top