21:58 / 18.02.2021
18808

AQShda Trampga tegishli bo‘lgan mashhur binolardan biri buzib tashlandi (video)

AQShning Atlantik-Siti shahrida bir vaqtlar Donald Trampga tegishli bo‘lgan mehmonxona va kazino Trump Plaza yo‘naltirilgan portlash yordamida buzib tashlandi. Tramp tomonidan qurilgan 39 qavatli mehmonxona 2014 yilda bankrot deb topilgandi. 

Foto: inquirer.com

1984 yilda ochilgan va Atlantikda sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan binoni buzish uchun 3 mingta dinamit talab etildi va 20 soniya yetarli bo‘ldi. 

Ta'kidlanishicha, shahardagi mashhur binoning buzilishini tomosha qilgani ko‘plab aholi kelgan. Shuningdek, yaqin oradagi Caesar's mehmonxonasi binoning portlatilishini tomosha qilishni istaganlarga mehmonxonada qolish uchun chegirma ham taklif qilgan. 

Buzilgan mehmonxona o‘z vaqtida ko‘plab shov-shuvli boks janglari va konsertlar, ko‘plab filmlar uchun o‘ziga xos maydoncha vazifasini o‘tagan. 

Tramp binoni 2009 yilda milliarder Karl Aykanga sotib yuborgan, biroq unda o‘z ismi ishlatilishidan daromad olib yurgan. 

Trump Plaza 2014 yilda yopilgan va avariyaviy holatda bo‘lgan. Shahar ma'muriyati binoni portlatishda qo‘llangan detonator tugmasini bosish huquqini 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan, biroq Trampning tarafdori bo‘lgan Karl Aykan bu g‘oyani rad etgan. 

Top