15:05 / 18.02.2021
6285
Kattaqo‘rg‘onda mast holatda qilich ko‘tarib yurgan fuqaro aniqlandi

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar natijasida, mast holatda qilich ko‘tarib yurgan fuqaro aniqlandi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

Foto: IIV

Qayd etilishicha, 2021 yilning 16 fevral kuni Kattaqo‘rg‘on shahar hududida xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar “Damariq” mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan X.A. to‘xtatilgan.

Fuqaro X.A. mast holatda Kattaqo‘rg‘on shahar “Yermachit” mahallasi hududida qo‘lbola usulda yasalgan o‘tkir tig‘li qilich ko‘tarib yurgani aniqlangan va qurol xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda

Top