09:05 / 18.02.2021
2404
Olmazor Business City turar joy majmuasi hududida o‘z biznesingizni qanday amalga oshirishingiz mumkin?

Bizning Uylar Development poytaxtdagi yirik turar joy majmuasida tijorat joylari sotuvini boshlaydi.

Endi siz Olmazor Business City turar joy majmuasidan tijorat maydoni yoki savdo do‘konining egasi bo‘lish imkoniyatiga egasiz. Loyiha 23 gektarlik ulkan obodonlashtirilgan maydondan iborat bo‘lib, 2100 ta xonadonga mo‘ljallangan. Majmuada ko‘p qavatli turar joy binolari bunyod etilmoqda. Turar joy majmuasidagi uylarning birinchi qavatlari loyiha hududida tijorat va biznes sohalarini rivojlantirish maqsadida tijorat binolari uchun ajratilgan. Birinchi navbatda tijorat ko‘chmas mulki turar joy majmuasining ko‘plab aholisi talab va ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan.

Hozirgi vaqtda ommabop hisoblangan «shahar ichidagi shahar» konsepsiyasi majmua hududidagi aholining kundalik ehtiyojlarini qondira oladigan savdo va xizmat ko‘rsatishning to‘liq majmuini tashkil qilishni nazarda tutadi. Biznes maydoni tashkil etilsa aholi zarur mahsulotlar, tovarlar yoki xizmatlar uchun majmuadan tashqariga chiqmaydi. Ko‘p sonli tashrif buyuruvchilar trafigi, avvalo turar joy majmuasining ko‘p sonli aholisi tomonidan yaratiladi.

Tijorat binolari Olmazor Business City turar joy majmuasi markazidagi sayilgoh bo‘ylab joylashadi. Loyihaning tijorat zonalari turli xil ovqatlanish shoxobchalari, kiyim-kechak va poyabzal butiklari, savdo do‘konlari, dorixonalar, go‘zallik va spa-salonlari, shuningdek turli xil xizmat ko‘rsatish korxonalarini ochishga mo‘ljallangan.

Tadbirkorlar va ijarachilar uchun Olmazor Business City loyihasi ularning biznes faoliyatini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun yangi bosqich bo‘ladi. Bu Olmazor Business City turar joy majmuasi aholisi farovon hayoti uchun yangi uylari hududida puxta o‘ylangan, qulay va funksional yechimdir.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni olish uchun veb-saytimiz yoki umumiy ma'lumot markazimizga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik Halqa Yo‘li ko‘chasi, 5-A uy.

Mo‘ljal: Shimoliy Olmazor chorrahasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +998 71 210 44 44

Instagram: @bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Top