20:00 / 18.02.2021
1893
Serene – O‘zbekistonda atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish g‘oyasini targ‘ib qiluvchi xoldinglardan biridir

Serene Group – farmatsevtika xoldingi bo‘lib, jahon standartidagi tibbiy mahsulotlarni arzon narxlarda yetkazib beradi. Qisqa vaqt ichida ularning shu'ba korxonasi Serene Pharm O‘zbekistondagi TOP-10 farmatsevtika kompaniyalari qatoriga kirishga ulgurdi.

Xalqaro sifatli dori-darmonlar bilan arzon narxlarda ta'minlash uchun 2019 yilda Serene kompaniyasi O‘zbekistonda Serene Healthcare ishlab chiqarish korxonasini tashkil etdi.

Serene Group'ning tarixi

Dunyo miqyosidagi brend dori vositalarini O‘zbekistonda tarqatish bilan shug‘ullanadigan farmatsevtika kompaniyasi — Serene Pharma xoldingni yaratishdagi dastlabki kompaniya bo‘ldi.

Unga 2012 yilda janob Satish Vidjayvargi tomonidan asos solingan bo‘lib, u bugungi kunda O‘zbekiston bozorida 14 yildan ortiq tajribaga va umuman Hindiston va chet el farmatsevtika sanoatida 25 yillik tajribaga ega.

Serene kompaniyasining Hindiston va AQShning yetakchi kompaniyalari bilan strategik sherikligi ham qisqa vaqt ichida katta natijalarga erishishiga sababchi bo‘ldi. Shunday qilib, sakkiz yillik ish faoliyati davomida kompaniya o‘sdi va O‘zbekistondagi TOP-10 farmatsevtika kompaniyalari qatoridan o‘rin egallashga sazovor bo‘ldi.

Iqtibos

«Serene» nomi kompaniya uchun shunchaki tanlanmagan. Buni kompaniya asoschisi Satish Vidjayvargi quyidagicha izohlaydi:

«Serene (bu ingliz tilida tinchlik va osoyishtalikni anglatadi), nomidan ko‘rinib turibdiki, baxt falsafasiga ishonadi. Serene'da biz har qanday muammoni xotirjam idrok va innovatsion yondashuv bilan hal qilishga ishonamiz. Mehnat madaniyatini shu tarzda yo‘lga qo‘yish bizga katta mamnuniyat taqdim etadi».

Serene Pharma haqida

Serene Pharma kompaniyasi O‘zbekistonda temir saxarozasining majmuaviy tushunchasi va ozuqaviy infuziya konsepsiyasini joriy etishda pioner bo‘lgan. Bugungi kunda parenteral infuzion, yurak-qon tomir, oshqozon-ichak va ginekologik tibbiyot terapevtik segmentida yetakchi kompaniyalar qatoriga kiradi. Shuningdek, kompaniya gipertoniya, diabet, ginekologik patologiyalar, onkologiya, allergologiya, og‘riqni kamaytirish va antibakterial sog‘liqni saqlash segmentlarini davolashda muhim mavqega egadir.

Serene Pharma kompaniyasi O‘zbekistondagi eng yaxshi 10 ta kompaniyalar qatoriga kiradi hamda shifokorlar va dorixonalar bilan mustahkam aloqalarga ega. Ayni paytda 5000 dan ortiq shifokorlar Serene Pharma tomonidan tarqatiladigan mahsulotlardan foydalanadilar. Ayni paytda kompaniyada O‘zbekistonning barcha hududlaridagi 6500 dan ortiq dorixonalarga mahsulot yetkazib beradigan 6 ta omborxona mavjud.

Serene Healthcare haqida

Kompaniyaning vazifasiga amal qilish va jahon andozalari darajasidagi mahsulotlarni arzon narxlarda ta'minlash uchun 2019 yilda Toshkentda Serene Healthcare farmatsevtika ishlab chiqarish zavodi qurildi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun kurashish masalasi butun dunyoda eng muhim masalalardan biridir. Serene Healthcare zavodi ham ushbu g‘oyani to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va uning rivojlanishiga hissa qo‘shishga intiladi.

Ushbu to‘lqinda ko‘plab global kompaniyalar asta-sekin ko‘proq ongli iste'mol va ishlab chiqarishga o‘tmoqdalar. Ushbu korxonalarning atrofdagi aholiga va umuman olganda tabiatga ta'siri minimallashtirilmoqda.

Serene Healthcare — bu Serene Group xoldingi tarkibidagi yosh farmatsevtika ishlab chiqaruvchi kompaniya. GMP (Good manufacturing practice) tamoyili asosida ish olib boradi. Ichimlik suvi qayta tiklanmaydigan manba bo‘lgani uchun, Serene Healthcare fabrikasida chiqindi suvlarni tozalash va qayta ishlash inshootlarini ishlamoqda.

Yaqin kelajakda xolding o‘z oldiga qanday maqsadlarni qo‘ygan?

  • 2021 yil oxiriga kelib 25 dan ortiq yangi Serene Healthcare mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.
  • 2023 yilga kelib O‘zbekistondagi TOP-3 farmatsevtika kompaniyalari qatoriga kirish.
  • Asl va innovatsion mahsulotlarni taqdim etishda davom etish va Markaziy Osiyo bozoridagi ishtirok foizini oshirish.
  • Markaziy Osiyodagi eng mashhur inʼeksiya ishlab chiqaruvchisi bo‘lish.
  • Markaziy Osiyoda yetakchi farmatsevtika yetkazuvchi kompaniyasi bo‘lish.
  • Hamkorlik

Xolding kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan hamda hamkorlik qilishdan mamnun bo‘ladi. Agar siz Serene Group xoldingining hamkori bo‘lishni istasangiz, havolani bosib, vakillar bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Sayt: serenepharma.com

Instagram: @serene_group_

Facebook: fb.com/Serene-Group-

Telegram: Serene Group

Reklama huquqi asosida

 
Top