17:46 / 18.02.2021
3348
Tanazzulga uchragan 70 ming gektar yerda o‘rmon meliorativ ishlari olib borilmoqda - «O‘zgidromet»

Gidrometereologiya xizmati markazi rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida «Iqlim o‘zgarishiga moslashuv bo‘yicha chora-tadbirlar amalda» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Aleksandr Merkushkin

«O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta'minlash» loyihasi rahbari Aleksandr Merkushkin qurg‘oqchil iqlim sharoitida barqaror qishloq xo‘jaligini yuritishga o‘tishda agro va suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish, yaylovlar unumdorligini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar, tanazzulga uchragan 70 ming gektar yerda o‘rmonda olib borilayotgan meliorativ ishlar haqida ma'lumot berdi.

«Hozirgi vaqtda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi Adaptatsiya jamg‘armasi hamda Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda aholining eng zaif qatlamining iqlim o‘zgarishiga moslashishi va qurg‘oqchilikka tayyorligini oshirish hamda uning salbiy oqibatlarini yumshatishga yo‘naltirilgan «O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklari iqlimiy barqarorligini ta'minlash» loyihasini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Loyiha moslashish bo‘yicha eng kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlarga ko‘proq ehtiyoj sezayotgan, mamlakatning iqlim o‘zgarishi salbiy oqibatlariga ko‘proq moyil bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilmoqda.

Loyiha tomonidan suv tanqisligi va qurg‘oqchilik xatari yuzaga kelishi haqida oldindan xabardor qilish tizimini rivojlantirish orqali iqlimga barqaror qishloq xo‘jaligini yuritishga o‘tishda agro va suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish, yaylovlar unumdorligini tiklash bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va tanazzulga uchragan 70 ming gektar yerda o‘rmon meliorativ ishlarini olib borishda mahalliy qishloq hamjamiyatlariga ko‘mak berib kelinmoqda», dedi loyiha rahbari.

Top