13:35 / 19.02.2021
6384

Urgutdagi «Atoulloxon» jome masjidining yangi xonaqohi qurilishiga hissa qo‘shing

Samarqand viloyatining Urgut tumani - O‘zbekistonning aholisi eng ko‘p tumani hisoblanadi. Shu sababli machitlar soni bo‘yicha ham Urgut respublikada yetakchi. Ayni paytda tumanda 60 dan ziyod jome masjidlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ana shunday masjidlardan biri «O‘ramas» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, Samarqand — Urgut yo‘lining bo‘yida joylashgan «Atoulloxon» jome masjididir.

U dastlab 2005 yilda barpo etilgan va 300 namozxonga mo‘ljallangan edi. Biroq masjid asosiy yo‘l ustida joylashgani sabab, keyingi yillarda juma namozlarida odamlarni sig‘dira olmay qoldi. Eski xonaqoh ichkariroqda joylashgani sabab, mehrob ortidan ko‘pchilik namozxonlarga ibodat uchun joy hozirlash ham qiyinlashib qolgan edi.

Masjid zamonaviy loyihalar asosida, oldinroqqa — ko‘cha tomonga chiqarilib, 1500 namozxonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan, yerto‘lali va ikki qavatli qilib, xayriya va hashar yo‘li bilan barpo etilmoqda. Shu sabab, ushbu masjidning qurilishiga hamyurtlarimizning ko‘magi zarur bo‘lib turibdi.

Masjidning yangi honaqohi qurilishi borishi haqida masjidning imom noibi Sharofiddin Munavvarov yurdoshlarimizning sa'y-harakatlari bilan yangi masjidning poydevor, yerto‘la qismi qurib bo‘lingani, ayni paytda xonaqohining devor qismi tiklanayotgani haqida so‘zlab berdi. Qurilish ishlarining jadallashuvi uchun saxiy hamyurtlarimizning ko‘magi zarur ekanligini aytib, ulardan masjidga xayriya qilishni so‘rab qoldi.

Masjid qurilishiga hissa qo‘shish bilan inson qiyomatga o‘zi uchun zaxira yig‘adi. Alloh taolo «Ehsonning mukofoti faqat ehsondir», deya marhamat qilgan.

Aziz yurtdoshlar! Bugun qilgan har bir savob amalimiz oxiratimizga zamindir. Siz azizlarni ham ushbu xayrli ishlarga chorlab qolamiz. Alloh taolo qilgan ehsonlaringizning savoblarini ko‘paytirib bersin.

Xayrli ishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun:

UzCard (Agrobank): 8600 0417 1398 2545

UzCard (Hamkorbank): 8600 1204 7655 8815

Humo (Agrobank): 9860 0303 2758 7389

Visa (Agrobank): 4187 8000 0046 0550

Barcha plastik kartalar Sharofiddin Munavvarov nomida.

Aloqa uchun telefon: (97) 408 14 67

Shuhrat Shokirjonov tayyorladi.
Operator va montajchi: Jahongir Aliboyev

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top