16:03 / 20.02.2021
6629
Andijonda fuqaroni 325 mln so‘mlik kalishlarga aldab ketishdi

2021 yilning yanvar oyidan fevral oyiga qadar Abdulaziz I. firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida Muhammadali Sh.ga go‘yoki kalish mahsulotlarini olib, savdosidan tushgan pullarni unga berishni va'da qilib, ishonchiga kirgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u Andijon shahar Eski O‘sh ko‘chasi hududida Muhammadali Sh.dan qiymati 325 190 500 so‘mlik kalish mahsulotlarini qo‘lga kiritib, pullarini bermaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Abdulaziz I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, shu kabi firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmang, o‘zingizga tegishli buyumlarni turli xil bahona bilan egallash ilinjida bo‘lgan firibgarning to‘riga tushib qolmaslik o‘z qo‘lingizda”, - deyiladi xabarda.

Top