16:49 / 20.02.2021
2383
Asillik darajasini belgilash palatasiga boshliq tayinlandi

Baxtiyor Xudoyberdiyev Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Foto: Moliya vazirligi

Hukumatning 19 fevraldagi 83-sonli qarori bilan, Baxtiyor Botirovich Xudoyberdiyev Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, palata 2019 yil may oyida Moliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan. Bunga qadar u Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tuzilmasiga kirardi.

2019 yil oktyabrida Ravshan Erbekovich Umarov palata boshlig‘i sifatida ish boshlagandi.

  • Asillik darajasini belgilash palatasi – qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan faoliyat ko‘rsatishni tartibga solish, shuningdek, asillik darajasi nazorati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etuvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Top