21:06 / 20.02.2021
8321

Oston O‘runov «Ufa»ga qaytdi

«Ufa» «Spartak» yarimhimoyachisi Oston O‘runovni sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha — 19 fevral kuni Moskva klubi 20 yoshli futbolchini RPL qaydnomasidan chiqarganini e'lon qildi. O‘zbekistonlik xavbek «qizil-oqlar» safida 9ta bahsda maydonga tushib, 1ta gol urgandi. 

O‘runov uchun «Ufa» begona emas. U 2019/20 yilgi mavsumning ikkinchi qismini ushbu jamoada o‘tkazgan,  so‘ng «Spartak»ga transfer qilingandi.

Mavzuga oid
Top