17:24 / 20.02.2021
5751
Toshkentda yuz bergan YTH oqibatida «Nexia-3» avtomobili ag‘darilib ketdi

2021 yil 20 fevral kuni taxminan soat 11:05larda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida 33 yoshli B.X. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, "Lacetti" qayrilib olish jarayonida 42 yoshli U.N. boshqaruvidagi "Nexia-3" rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida "Nexia-3" rusumli avtomobil ag‘darilib, yo‘lning qarama-qarshi tarafiga o‘tib ketgan. Haydovchi tan jarohatlari olgan, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top