16:24 / 21.02.2021
15555
Ikki OTMga rektorlar tayinlandi

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti va Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga rahbarlar tayinlandi.

Vazirlar Mahkamasining 19 fevraldagi qarori bilan, Komiljon Sobirovich Komilov Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining rektori etib tayinlandi.

Komiljon Komilov 1980 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent davlat agrar universitetini paxtachilik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U bungacha Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali direktori edi.

Eslatib o‘tamiz, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti 2020 yil yozida, Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali negizida tashkil etilgandi.

Shuningdek, Nasridin Mirzoodilovich Jabborov Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori etib tayinlangan.

Top