09:28 / 21.02.2021
8760
Moskva va Pekin Bryusselni vaksina diplomatiyasi bilan qiynamoqda

Pandemiyaning ilk kunlaridanoq Rossiya va Xitoy o‘z sog‘liqni saqlash, farmatsevtika sanoati va harbiy tibbiyot resurslari bilan Yevroittifoqning ayrim davlatlariga yordam ko‘rsatayotganda namoyishkorona siyosiy manfaatlar yo‘lida foydalanishdi.

Moskva va Pekin endi koronavirusga qarshi vaksinalaridan diplomatik qurol sifatida foydalanishmoqda, deb hisoblaydi Bryussel. Ayni fikrni xalqaro aloqalar bo‘yicha global Kengashning ilmiy xodimi Yanchjun Xuan ham bildirgan: «Avvalo, ular pandemiya davrida putur yetgan imijlarini to‘g‘irlashni ko‘zlamoqda. Ikkinchidan, ular strategik muhim derjavalar, shuningdek, Xitoy tashabbusi bilan tashkil qilingan «Bir makon – bir yo‘l» loyihasidagi davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlamoqchi. Uchinchidan, ular o‘z vaksinalarining bozordagi ulushini ko‘paytirishmoqchi va boshqa iqtisodiy maqsadlarga erishish yo‘lida vaksina diplomatiyasi olib borishmoqda».

Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi faqat o‘z aholisini ommaviy emlashga yetadi. Shunga qaramay, bu vaksinaga Hindiston va Argentina kabi yirik davlatlar ham millionlab dozalarda buyurtma berib qo‘yishgan. Marshall nomidagi jamg‘arma ilmiy xodimi Yako Kirkegorning fikricha, Rossiya o‘zini reklama qilishning uddasidan chiqmoqda. «Ya'ni rus ilm-fani va Rossiyaning o‘zini alternativ texnologik fabrika deb ilgari surish. Rossiyani neft ishlab chiqaruvchi deb bilishadi, lekin Rossiyaning o‘zi olimlari bilan faxrlanadi. Menimcha, bu ko‘p ma'noda feyk, ya'ni Rossiya «Sputnik V» vaksinasini katta miqdorda yetkazib bera olishi haqidagi gaplar biroz bo‘rttirilgan. «Sputnik V»ning Rossiya ichida qo‘llanishi judayam cheklangan», degan u.

Ko‘plar Bryusseldan Moskva va Pekinning Yevropaning boshqa davlatlari, shu jumladan, Serbiyani o‘z vaksinasiga bog‘lab qo‘yishga bo‘layotgan harakatlariga qat'iyroq turishni talab qilishmoqda. Kiyev bundan voz kechgani haqida Yevroparlament deputati Andrey Kovachev shunday deydi: «Biz, shubhasiz, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashimiz shart. Yevroittifoq va unga a'zo davlatlar budjetidan 850 million yevro ajratiladi. Bu kabi ko‘makni biz barcha qo‘shnilarimiz, jumladan, Bolqondagi davlatlarga ham ko‘rsatamiz».

Biroq Yevroittifoq qo‘shnilar uyoqda tursin, o‘z tarkibidagi davlatlar fuqarolariga ham yetarli dozada vaksina ololganicha yo‘q. Moskva va Pekin esa Bryusselning imillashidan foydalanib qolmoqchi. Bryussel kambag‘alroq davlatlarga JSSTning COVAX dasturi orqali vaksina olishni tavsiya qilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top