18:53 / 22.02.2021
4801

Apple to‘rt yil ichida ilk marta smartfon sotish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi

Apple 2020 yilning so‘nggi choragida qariyb 80 mln dona smartfon sotgan. Kompaniyaning bozordagi ulushi 20,8 foizni tashkil etgan. 

Foto: Mark Makela / Reuters

Apple 2016 yildan buyon ilk bor yilning to‘rtinchi choragida smartfon sotish bo‘yicha reytingda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda Gartner tadqiqot kompaniyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Apple 2020 yilning so‘nggi choragida qariyb 80 mln dona smartfon sotgan. Kompaniyaning bozordagi ulushi 20,8 foizni tashkil etgan. 

Samsung yetakchilikni boy berdi va ikkinchi o‘ringa tushdi. Kompaniya to‘rtinchi chorakda 2019 yil oxiridagiga nisbatan 12 foizga kam smartfon sotgan. Samsung 62 mln dona qurilma sotdi – uning bozordagi ulushi 16,2 foizga teng bo‘ldi.

Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlar Xiaomi va Oppo kompaniyalariga nasib etdi. 

Huawei beshinchi o‘ringa tushib qoldi. Uning smartfon sotish hajmi 2019 yildagiga nisbatan 41 foizga kamaygan. Kompaniya AQSh sanksiyalari ostiga tushgan, natijada Google servislaridan mahrum bo‘ldi. Huawei o‘z ilovalar do‘konini rivojlantirmoqda, ammo bozordagi ulushini yo‘qotmoqda. Kompaniya 2013 yildan buyon birinchi marta yuqori to‘rttalikni tark etdi. 

Mavzuga oid
Top