20:00 / 22.02.2021
7699
MacCoffee'dan «Sovg‘alar 1,2,3 da» aksiyasining navbatdagi bosh sovrinini xorazmlik uy bekasi qo‘lga kiritdi

Xorazm viloyatining Yuqori Do‘rmon qishlog‘ida yashovchi O‘lmasxon Atasheva MacCoffee'dan «Sovg‘alar 1,2,3da»  aksiyasining bosh mukofoti – yangi Cobalt avtomobilining navbatdagi egasi bo‘ldi. 18 fevral kuni hissiyotlar va quvonchga to‘la bosh sovrinni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘lmasxon – yosh uy bekasi, uch farzandning onasi. Qahramonimiz tan olganidek, u uzoq vaqtdan beri «MacCoffee 3tasi 1da» qahvasining muxlisidir. Onalik ta'tiliga chiqishdan oldin ham, sotuvchi bo‘lib ishlaganida, O‘lmasxon kundalik ishi davomida albatta bir necha marta sevimli ichimligidan bahra olgan. Onalik ta'tiliga chiqib, g‘olibimiz o‘z didiga sodiq qoldi: har kuni bozorga xarid uchun borganda, u albatta 10 dona «MacCoffee 3tasi 1da» mahsulotini oladi.

Urganchlik yosh ona «Sovg‘alar 1,2,3 da» ulkan aksiyasi va yangi Chevrolet Cobalt yutish imkoniyati haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali bilib oldi. Bizga bayon qilishicha, u ikkilanmasdan ishtirok etishga qaror qildi: «SMSdan kodlarni yuborish menga oson bo‘lib tuyuldi, men baribir har kuni «MacCoffee» ichaman (kuladi). Boz ustiga, sovrinlarni yutib olish imkoniyati ham mavjud. To‘satdan omad kulib boqsa! Albatta, men mashina haqida orzu qilardim. Lekin bilasizmi, yutuqqa balansni to‘ldirish ham juda va juda yoqimli edi. Bu borada ham mening bir necha bor omadim keldi».

G‘olib avtomobilni yutgan kunni o‘zgacha hayajon bilan eslaydi: «Bu 1 fevral kuni soat 19:33 da bo‘lgan. O‘sha kuni men allaqachon bir nechta kodlarni yuborgan edim va bolamdan oxirgi kodni yuborishini so‘radim. Javob kutilmaganda tezda keldi. Men shunchaki ishonolmadim, darhol erimga xabar berdim –quvonchimizning chegarasi yo‘q edi. Biz ushbu ajoyib yangilikni darhol qarindoshlarimizga yetkazdik».

Qahramon ayol bilan birgalikda, uning ikki ovsinlari va tog‘asi marosimga kelishdi. Do‘stona va iliq oila hissiyotlarini yashirmadi. O‘lmasxonga yaqin kishilarning ko‘zlarida quvonch ko‘z yoshlari miltirardi. MacCoffee Original'dan «Sovg‘alar 1,2,3 da» aksiyasining mukofotlash marosimlarini doimiy olib boruvchi Indira Miftaxova avtomobil kalitlarini qahramonimizga topshirdi. Shuningdek, rang-barang guldasta hamda  g‘olibimiz oilasi bilan birgalikda marosimning barcha ishtirokchilari mamnuniyat bilan tatib ko‘rgan chiroyli tort ham marosimda o‘rin topdi.

Do‘stlar, eslatib o‘tamiz, aksiya 2021 yil fevral oyining oxirigacha davom etadi. Bu shuni anglatadiki, sizda Chevrolet Cobalt'ning baxtli egasi bo‘lish uchun hali ham vaqt bor va ehtimol, yangi g‘alaba hikoyasi sizniki bo‘lar... Shuningdek, siz yangi smartfonni yutib olishingiz yoki mobil telefoningiz balansini to‘ldirishingiz mumkin. Faqat «MacCoffee 3 tasi 1da Original» aksiyali sashetlarini sotib oling, kodini toping va 3223 qisqa raqamiga yuboring.

Biz esa ajoyib O‘lmasxonni g‘alaba bilan yana bir bor tabriklaymiz va unga eng yaxshi tilaklarimizni tilaymiz!

Aksiya haqida batafsil bilib oling:

Sayt: maccoffee.uz

Facebook: fb.com/macCoffee3in1.uz

Instagram: @maccoffee3in1.uz

Telegram: t.me/MaccoffeeUzb

Reklama huquqi asosida

Top