09:00 / 22.02.2021
3885
Yangi ChoshTepa turar joy majmuasi: oilangiz bilan mustahkam va zamonaviy uylarda yashang

Bizning Uylar Development kompaniyasi Yangi ChoshTepa turar joy majmuasidagi shinam xonadonlarning texnik xususiyatlari haqida ma'lumot berdi.

Yangi ChoshTepa – bu poytaxtimizning Sirg‘ali tumanida joylashgan zamonaviy turar joy majmuasi. Majmuada kanal bo‘ylab yetti qavatli 20 ta turar joy binosi qurilgan. Ayni paytda turar joy majmuasidagi xonadonlarning 95% dan ortig‘i sotilgan va aholi istiqomat qilmoqda. Aholi majmuadagi rivojlangan infratuzilmasining barcha afzalliklari: obodonlashtirilgan hovli, piyodalar yo‘lagi, bolalar va sport maydonchalari, favvoralar va o‘rindiqlar hamda boshqa qulayliklardan foydalanmoqda.

Qurilishning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish binolarning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishi kafolatidir. Bino tashqi devorlarining tarkibi va qalinligi energiyaning yuqori samaradorligini ta'minlaydi, shuningdek issiqlik va shovqin izolyatsiyasi xususiyatlariga ega. Tashqi devor 30 santimetr qalinlikdagi temir-beton konstruksiyaga ega bo‘lib, beton qatlami, elim va bazalt tolasi, sement asosidagi fasad suvog‘i, akril grunt qatlam va rang berilgan dekorativ suvoq bilan qoplanadi. Tashqi devorlar shunday qalinlik va usulda bo‘ladi. Faqat asos 12 santimetr pishgan g‘ishtdan teriladi.

Yangi ChoshTepa turar joy majmuasida xonadon tanlayotganda siz kelajakdagi uyingiz sifati va qulayligi haqida qayg‘urmaysiz. Xaridorlarga turli variantdagi umumiy maydoni 55 dan 75 kvadrat metrgacha bo‘lgan, sifatli ta'mirlangan tayyor xonadonlar taklif etiladi. Xonadonlar shovqin o‘tkazmaydigan deraza, ichki va tashqi eshiklar, ikki konturli isitish qozoni bilan jihozlangan. Shuningdek, telefon va internet tarmog‘i o‘rnatilgan.

Qulay joylashuvi, sifati va funksionalligi, loyihalashdagi zamonaviy yondashuv, shuningdek xonadon xaridiga taqdim etilayotgan foydali takliflar qisqa vaqt ichida turar joy majmuasiga bo‘lgan talabni oshirdi hamda qurilish ishlari qisqa muddat ichida yakunlanishiga sabab bo‘ldi. Hozirda majmuada so‘nggi xonadonlar qolgan. Foydali shartlar bilan sifatli va tejamkor uy egasi bo‘lish imkoniyatini boy bermang!

Manzil: Toshkent shahri, Sirg‘ali tumani, «Yangi Choshtepa» MFY, Uzar ko‘chasi.

Sotuv ofisi soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Sayt: bizninguylar.uz

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Reklama huquqi asosida 

Top