15:48 / 22.02.2021
1750
Yaponiya hukumati koronavirusga qarshi emlash uchun vaksina yetishmayotganini ma'lum qildi

Yaponiyada emlash kampaniyasi o‘tgan haftada boshlangandi. Bosh vazir Yosixide Suganing ma'lum qilishicha, birinchi navbatda tibbiyot xodimlari emlanadi. 

Foto: Mehri/Pool Photo via AP

Yaponiyada Pfizer vaksinasi yetishmasligi sababli keksa yoshdagilarni emlash avval rejalashtirilganidan ko‘ra sekinroq amalga oshadi. Bu haqda ma'muriy islohotlar vaziri Taro Kono ma'lum qildi, deb xabar berdi Kyodo agentligi.

Vazirning bildirishicha, Pfizer kompaniyasi qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini o‘rnatayotganligi sababli may oyiga qadar vaksina cheklangan miqdorda yetkazib beriladi. Shu sababli emlash mamlakatning ayrim hududlarida va ma'lum bir yosh guruhlari uchun o‘tkaziladi.

Yaponiyada emlash kampaniyasi o‘tgan haftada boshlangandi. Bosh vazir Yosixide Suganing ma'lum qilishicha, birinchi navbatda tibbiyot xodimlari emlanadi. 

Vazirlar mahkamasining bosh kotibi Katsunobu Katoning so‘zlariga ko‘ra, agarda maxsus shpritslar yetarlicha miqdorda sotib olinmasa Pfizer vaksinasining bir qismini tashlab yuborishga to‘g‘ri keladi.

Bitta ampulada olti doza vaksina bo‘ladi. Oddiy shprits yordamida besh doza vaksina tortib olinadi, oltinchi dozani esa faqat maxsus shprits yordamida tortib olish mumkin. 

Top