17:54 / 23.02.2021
1301
Facebook va Avstraliya hukumati o‘zaro kelishuvga erishdi

O‘tgan haftada Facebook Avstraliya ommaviy axborot vositalarida chop etilgan yangiliklarning ijtimoiy tarmoq orqali tarqatilishini cheklab qo‘ygandi.

Foto: Reuters

Avstraliya hukumati qator o‘zgarishlarga rozi bo‘lganidan so‘ng Facebook bu mamlakatda yangiliklar tarqatish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashga qaror qildi. Bu haqda Avstraliya bosh g‘aznachisi Josh Fraydenberg ma'lum qildi, deb yozmoqda Reuters.

Avstraliya hukumati Facebook kompaniyasiga onlayn-platformalarning yangiliklar saytlari xabarlari uchun pul to‘lashi ko‘zda tutilgan qonunga tuzatishlar kiritishni taklif qildi. 

Kelishuvga Fraydenberg va Facebook rahbari Mark Tsukerberg o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida erishildi. Facebook Avstraliya hukumatining bu qaroridan qanoatlanganligini ma'lum qildi.

O‘tgan haftada Facebook Avstraliya ommaviy axborot vositalarida chop etilgan yangiliklarning ijtimoiy tarmoq orqali tarqatilishini cheklab qo‘ygandi.

Bunga Avstraliyada ommaviy axborot vositalarining maqola va xabarlarini joylashtirgani uchun IT-platformalar ularga pul to‘lashi kerakligini ko‘zda tutuvchi qonun qabul qilinishi sabab bo‘ldi.

Top