16:00 / 23.02.2021
11843
Reklama

Professional suratkash Samsung Galaxy S21 kamerasidan foydalanish tajribasi haqida

Tajribali suratkash Feruz Rustamov Samsung Galaxy smartfonlaridagi kameralar “o‘yin qoidalari”ni o‘zgartirishini tushuntiradi.

Smartfon kamerasi professional suratkashning qo‘liga tushganida nimalar yuz beradi? Javob qisqa: ranglar, uslublar va ijod jarayonining «portlashi».

Onlayn hududda @ruztamo niki ostida taniqli bo‘lgan Feruz O‘zbekistonning eng talabgor suratkashlaridan biri sifatida Galaxy S21 Ultra kamerasini testdan o‘tkazdi. Rang-barang tasvirlarni yaratish borasida katta tajribaga ega bo‘lib, qurilmadagi ijod uchun mo‘ljallangan vositalardan ilhomlangan holda o‘zining professional fotoapparatini innovatsion smartfonga almashtirdi. Feruz o‘z vatani haqida kadrlar turkumini tayyorlab va har bir kadrning tafsilotlari haqida gapirib berdi. Shuningdek u, Galaxy S21 Ultra smartfoni kamerasidan foydalanish tajribasi bilan o‘rtoqlashib, smartfonda o‘ziga yoqib qolgan vositalar haqida ham so‘z yuritdi.

– Siz Samsung Galaxy smartfonlarining muxlisisiz, hozir Galaxy Note 20 Ultra qurilmasidan foydalanyapsiz. Bu boradagi tajribangiz haqida gapirib bersangiz, ya'ni sizga suratkash sifatida smartfondan foydalanganda nima muhim? O‘zingiz uchun Galaxy S21 Ultra smartfonida nimalarni topdingiz va baholadingiz?

– Men kameraning texnik tafsilotlari va sozlanmalari haqida uzoq gapirishim mumkin. Galaxy S21 Ultra smartfonida obektivlarni istalgan aniqlikda almashtirish yoki “Stabilizatsiya” rejimidan foydalanish mumkinligi yoqdi.  Kameraning barcha rejimlari va funksiyalari oldingi model bilan solishtirganda yaxshiroq ishlangan. Zum jiddiy kamchiliksiz yanada uzoqroqni suratga oladi. Do‘stlarim, zum shunchalik tez-tez kerak bo‘ladimi, deb so‘rab qolishadi. Ammo men surtkash va bloger sifatida doim undan foydalanaman, shu bois endi yuqori sifatli zumsiz smartfonlardan foydalanishni hoxlamayman Masalan, mana bu fotosuratni yaqinda, Toshkentdan tashqarida joylashgan ot saroyiga borganimda olgandim. O‘sha kuni Chimyon uzra suzayotgan bulutlar juda xushmanzara edi, uni aks ettirmasdan ilojim yo‘q edi – fotosuratni zumdan foydalangan holda Note 20 Ultra kamerasida oldim.

Galaxy S21 Ultra smartfonidagi PRO rejimiga to‘xtalishni istardim, shaxsan o‘zim undan kamdan-kam hollarda foydalandim, chunki kamera odatiy rejimda har qanday sharoitlarga moslashadi va, u xoh tungi payt bo‘lsin yoki portret, to‘g‘ri suratni chiqaradi, ammo, shubhasiz mobilograf uchun PRO rejimi zarur. U ijod qilish uchun, yorug‘lik bilan “o‘ynash” uchun yoki uzun «viderjka»da fotosuratlar olish uchun juda yaxshi mos keladi. Hatto tungi fotosuratlarni olishda ham men PRO’ni ishlatganim yo‘q, chunki tungi rejim avtomat tarzda ishga tushadi. Smartfon, bir necha soniyaga “viderjka”dan foydalangan holda, hatto juda qorong‘i joylarda ham detallashtirilgan suratlarni olish imkonini beradi, muhimi kadr avto stabilizatsiya tufayli qo‘lda suratga olganda ham chaplashib ketmaydi. Mana masalan, bir necha soniya ichida maxsus tayyorgarliksiz olingan oqshomgi osmon kadri. Bu fotosuratni men 8-qavatdagi kvartiramning derazasidan olganman. Har kuni kechqurun shu joydan go‘zal oqshom paytini kuzatish mumkin, agar bu paytda uyda bo‘lsam, albatta uni suratga olaman.

– Galaxy S21 Ultra kamerasining turli-tuman funksiyalarini o‘zlashtirish qiyin bo‘lmadimi?

– Qurilma interfeysi intuitiv tarzda tushunarli. Foydalanilishi oson bo‘lgan Galaxy S21 kamerasining funksiyalari ko‘p urinib o‘tirmasdan professional kadrlarni suratga olish uchun yaratilgan. O‘rnatilgan «stabilizatsiya» funksiyasi ko‘p harakat qilmasdan ajoyib videolarni so‘uratga olish imkonini beradi. Shuningdek, professional video rejimining muhimligini qayd etishni istardim, chunki unda ekspozitsiyani qo‘lda sozlash mumkin va u atrofdagi yorug‘likka moslashtiriladigan oddiy rejimdan farqli o‘laroq, «uchib» ketmaydi. Klip olishni boshlayotganingizda u sizga uchta linzaning barchasidan ko‘rinishni namoyish etadi, shu tufayli siz bir teginish orqali yaxshi ko‘rinishni tanlashingiz mumkin. Men Galaxy Note 20 Ultra smartfonimdan ikkinchi videokamera sifatida foydalanaman. Bu maxsus uskunalarsiz yanada ko‘proq video kontentni yaratish imkonini beradi. Galaxy S 21 Ultra kameralari bilan videokontent yaratish – bu qo‘l ostingizda butun bir kinomaktabga ega bo‘lishday bir gap. Bir so‘z bilan aytganda, bu kameralar sizga yaxshi suratkash va rejissyor bo‘lishga yordam beradi.

Shuningdek , Galaxy S21 seriyasi barcha darajadagi suratkashlar uchun to‘g‘ri kelishini qayd etishni istardim. Men uchun, professional suratkash va bloger sifatida, unda filmlar va tasvirlarni yaratish uchun barcha zarur narsalar bor. Hatto o‘zini fotografiya sohasida unchalik dadil his qilmaydigan kishilar uchun ham kadrlar va fotosuratlar juda zo‘r chiqadi. Qurilma haqiqatdan ham fotografiya sohasini va kino sanoatini demokratlashtiradi.

– Galaxy S21 Ultra smartfonida sizni hayratga solgan boshqa funksiyalari bormi?

– 8K-video tasvirining sifati kishini lol qoldirdi. Ammo yanada hayratda qoldirgan narsa – bu  8K Snap – videodan skrinshot bo‘ldi. U 8K videoning o‘zidan yuqori sifatli tasvirni olish imkonini beradi. Men suratga olish ishlaridan birida kameraga olingan fotosurat bilan parallel test o‘tkazdim. Biz 8K videodan olingan tasvirni va kameraga olingan tasvirni bir-biridan ajrata olmadik.

Yana menda kameraning universalligi katta taassurot qoldirdi. Men Super Steady bilan harakatlanishim va haqiqatdan ham aniq kadrlarni olishim mumkin. Qurilmaning bu afzalliklari menga eng yaxshi ijodiy yechimlarni topishda yordam berishiga hamda meni yangi g‘oyalarni amalga oshirishga ilhomlantirishiga ishonchim komil.

– Suhbatimiz so‘nggida fotosuurat bilan shug‘ullanishni niyat qilgan kishilar uchun nimalarni maslahat bergan bo‘lardingiz?

Shunchaki Galaxy S21 Ultra bilan suratga olishni boshlang. Unda ajoyib fotosuratlarni yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha vositalar mavjud. Bu yerda sizni turli texnikalarga o‘rgatadigan hamma funksiyalar bor, shu bois oddiy tasvirga olish ham sizga fotosuurat haqida ko‘proq bilib olishga yordam beradi.

Tasvir sifati bo‘yicha kutganimdan ham a'lo bo‘lib chiqdi. U nafaqat hayotimda ko‘rgan va foydalangan eng professional telefon kamerasidir, shuningdek u meni keyinchalik ham u bilan nimalar qilishim mumkinligi haqida o‘ylashga ilhomlantirgan qurilma hisoblanadi. Masalan, uni dronga o‘rnatish mumkinmi? Musiqiy video olish mumkinmi? Imkoniyatlar cheksiz, men unda ulkan salohiyatni ko‘ryapman.

Galaxy S21 Ultra smartfoni haqida batafsil ushbu havola bo‘yicha o‘qing: www.samsung.com/uz_uz/smartphones/galaxy-s21-ultra-5g

Ma'lumot uchun telefon: 7799

Cheil Uzbekistan rahbari Elnara Mirzayeva suhbatlashdi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top