20:40 / 23.02.2021
10778
Qatardagi JCh-2022ga tayyorgarlik davomida 6,5 mingdan ortiq migrant vafot etgani ma'lum qilindi

Ma'lumot berilishicha, aksariyat o‘limlarga jazirama issiq sabab bo‘lgan.

Foto: Pete Pattisson

2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik davomida 6,5 mingdan ortiq migrant vafot etdi, deb yozadi The Guardian.

Gap Qatar 2010 yilda jahon chempionatini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritganidan buyon vafot etgan Hindiston, Pokiston, Nepal, Bangladesh va shri-lankalik ishchilar haqida bormoqda. 

Aniqlik kiritilishicha, ushbu raqamga yangi obektlar qurilayotgan Qatarga Keniya, Filippin va boshqa mamlakatlardan kelgan ishchilar kiritilmagan. Qatarda yettita yangi stadion bilan birga, o‘nlab yirik obektlar qurib bitkazildi yoki foydalanishga topshirish arafasida. 

Nashrning ma'lumot berishicha, 2019 yilda aksariyat o‘limlarga Qatardagi jazirama issiq sabab bo‘lgan.

Top