09:00 / 24.02.2021
2278
Boulevard biznes markazidagi ofislar – ish joyini tashkil qilish uchun kompleks yondashuv

Dream City Development kompaniyasi Boulevard biznes markazining ikkinchi qavatidagi funksional ofis maydonlari haqida ma'lumot berdi.

Boulevard Business Center – bu o‘z biznesingizni poytaxtning eng nufuzli joylaridan birida boshlash va rivojlantirish uchun imkoniyatdir. Yangi biznes markazi yuqori darajadagi zamonaviy ishbilarmonlik maydoniga qo‘yiladigan barcha talablar: yuqori estetik parametrlarga rioya qilish, me'morchilikdagi mahobat va nafislik, qulay joylashuv, o‘zining yer osti avtoturargohi, yuqori texnologik muhandislik tizimlari va yuqori darajadagi xavfsizlikka javob beradi.

Boulevard biznes markazining ikkinchi qavatidagi biznes maydoni 75 dan 159 kvadrat metrgacha bo‘lgan 16 ta ofis binosi mavjud. Ofis binolari panorama oynalar bilan jihozlangan va shiftning balandligi 5 metrni tashkil qiladi. Shu sabab joyda yorug‘lik va havo yetarli bo‘lib, unda ish samaradorligi ham oshadi. Ofis joylari ta'mirlangan holda sotuvga chiqariladi. Nafis dizayn, lakonik ranglar, yorug‘ va puxta loyihalangan makon, har kvadrat metrdan samarali foydalanishga imkon beradi. Binolar barcha zaruriy aloqa vositalari va zamonaviy muhandislik tizimlari bilan jihozlangan.

Shovqin darajasi past va havoni yuqori darajada tozalaydigan shamollatish uskunalari, isitish va sovitish tizimi, yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilarning elektr jihozlari, yong‘in xavfsizligining avtomatik tizimi ofislarda faoliyat olib borishni qulay va xavfsiz darajaga yetkazadi. Biznes markazga Shveytsariyaning Schindler lift tizimi o‘rnatilgan. Ikkinchi qavatda joylashgan ochiq terrasada ishbilarmonlik uchrashuvlarini, muzokaralarni o‘tkazishingiz yoki tanaffus vaqtida shunchaki ajoyib manzaradan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Ushbu terrasa ish vaqtidagi shovqin-surondan tanaffus qilish va bir necha daqiqalik dam olish uchun juda mos.

Boulevard Business Center – bu kompaniyangizning tashrif qog‘ozi bo‘lib, u sizning yuqori biznes mavqeyingiz va nufuzingizni bildirib turadi. Shuningdek, ko‘plab foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan tijorat ko‘chmas mulki kafolatlangan yuqori daromadli investitsiyalar manbaiga ham aylanishi mumkin.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Top