10:33 / 24.02.2021
3047
Dunyoda koronavirusdan o‘lim darajasi bir hafta ichida 20 foizga kamaydi

Infeksiyani yuqtirib olganlar soni ham 11 foizga qisqardi.

Foto: Reuters

Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 15 fevraldan 21 fevralgacha bo‘lgan vaqt ichida 11 foizga, vafot etganlar soni esa o‘tgan haftaga nisbatan 20 foizga kamaydi. Chorshanba kuni Jyenevada e'lon qilingan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning haftalik epidemiologik byulleteniga ko‘ra kasallanish darajasining pasayishi ketma-ket oltinchi hafta kuzatilmoqda, deb yozadi TASS.

«Dunyoda yangi kasallanish holatlari haqidagi xabarlarning soni ketma-ket oltinchi hafta pasayib bormoqda, ular 11 foizga kam qayd etilgan», - deyiladi JSST ma'lumotida. 

O‘tgan hafta davomida 2 457 026ta kasallanish holati va 66 359ta o‘lim kuzatilgan. 21 fevral holatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 110 763 898ta kasallanish holati hamda 2 455 331ta o‘lim qayd etilgan.

So‘nggi bir hafta ichida kasallanishning pasayishi ayniqsa Shimoliy va Janubiy Amerika qit'asida (19 foizga), Tinch okeanining g‘arbiy mintaqasida (9 foizga), Yevropada (7 foizga) va Sharqiy O‘rta Yer dengizida (7 foizga) sezilarli bo‘ldi. 

Ushbu mintaqalarda o‘lim darajasi ham mos ravishda 23 foizga, 6 foizga, 19 foizga va 3 foizga kamaydi. O‘lim holatlarining kamayishi Afrikada (20 foizga) va Janubi-Sharqiy Osiyoda (6 foizga) ham qayd etilgan. 

Shimoliy va Janubiy Amerikada yetti kun ichida 1,06 milliondan ortiq odam kasallandi va 34 mingdan ortiq kishi vafot etdi. Yevropada 939 mingdan ortiq yangi kasallanish holati aniqlandi va 24 mingdan ortiq o‘lim qayd etildi. Sharqiy O‘rta Yer dengizida shifokorlar 181 mingdan ortiq kishida infeksiyani aniqlashdi, 2,4 mingdan ortiq odam vafot etdi. 

AQShda bir hafta ichida infeksiyani yuqtirganlar soni 480 mingdan oshdi, undan keyin Braziliya (316 mingdan ortiq yangi holat), Fransiya (131 mingdan ortiq), Rossiya (92 mingdan ortiq), Hindiston (86 mingdan ortiq), Italiya (84 mingdan ortiq), Buyuk Britaniya (78 mingdan ortiq), Chexiya (65 mingdan ortiq), Indoneziya (60 mingdan ortiq) va Eron (55 mingdan ortiq) bormoqda. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top