20:00 / 25.02.2021
12242

Artel: «Alter Ego»dan milliy korxona haqida bor haqiqat

O‘zbekistonda «Artel» haqida eshitmagan insonning o‘zi bo‘lmasa kerak. Korxonani ko‘p muhokama qilishadi: kimdir uni maqtasa, kimdir tanqid qiladi. Taniqli bloger Kirill Altman «Artel» haqidagi qaysi mish-mish gaplar rost, qaysi biri esa yolg‘onligini o‘rganib chiqdi. Artel haqidagi yangi videorolikni maqola oxiridagi elektron manzil orqali tomosha qilishingiz mumkin.    

«Artel» ishlab chiqarishni mahalliylashtirish haqida ko‘p marta gapirgan. Agarda kompaniya haqidagi eski maqolalar bilan tanishib chiqsangiz, ularda «Artel» oddiy yig‘ish sexi emas deb ko‘p bora takrorlangan. Ammo shu damda ko‘pchilik boshqa fikrda: go‘yoki barcha ehtiyot qismlar Xitoydan keltiriladi, «Artel» esa ularni yig‘ib faqatgina o‘z logotipini yopishtiradi xolos. Bundan tashqari «Artel»ga davlat tomonidan turli xil preferensiyalar taqdim etilgan, boshqa kompaniyalar esa ulardan foydalanish imkoniyatiga ega emas degan fikr mavjud. Ushbu gaplar haqiqatmi yoki yolg‘onmi? Nima uchun «Artel» brendi ko‘pchilikka ma'lum, boshqa milliy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar haqida esa deyarli hech kim bilmaydi?

Kirill Altman «Artel» ishlab chiqarish bazasiga tashrif buyurdi va ushbu “noqulay” savollarga oshxona plitalari ishlab chiqarish zavodi direktori Bobomurodov Dilshoddan javob oldi. Dastur davomida taniqli bloger oshxona plitalari ishlab chiqarishning to‘liq sikli bilan tanishib chiqdi. Yangi lavha kompaniya haqidagi qaysi gaplar rost, qaysi biri yolg‘onligini fosh etadi. O‘tkazib yubormang.   

Yangi videorolik bilan YouTube'dagi Alter Ego rasmiy kanalida tanishib chiqishingiz mumkin: 

Artel haqidagi to‘liq ma'lumot: www.artelgroup.org/about

Reklama huquqi asosida

Top