14:54 / 25.02.2021
4065

Kapitoliy binosini ta'mirlashga 30 million dollardan ortiq pul ketishi ma'lum qilindi

Binoga asosiy zarar qalampirli sprey va boshqa turli kimyoviy aralashmalar sepilishi hamda o‘t o‘chirgichlarning ta'siri oqibatida yetgan.

Foto: Reuters

6 yanvardagi hujumdan so‘ng ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan AQSh kongressi binosini ta'mirlashga 30 mln dollardan ortiq mablag‘ talab qilinadi. Bu haqda Kapitoliy arxitektori Brett Blenton ma'lum qildi

Arxitektorning baholashicha, binoga asosiy zarar qalampirli sprey va boshqa turli kimyoviy aralashmalar sepilishi hamda o‘t o‘chirgichlarning ta'siri oqibatida yetgan.

 "Qimmatbaho san'at asarlari va haykallarga yetgan zarardan so‘ng, ular professional ravishda tozalanishi talab qilinadi", - dedi Blenton.  

Mutaxassisning xulosasiga ko‘ra, smeta xarajatlari 30 mln dollardan ortiqroqqa tushadi. 

Donald Tramp tarafdorlarining 6 yanvar kuni Kapitoliy binosiga hujum qilishi oqibatida besh kishi halok bo‘lgandi. Jo Baydenning AQSh prezidenti etib saylanganligini tasdiqlash uchun yig‘ilgan kongressmenlar olomon majlislar zaliga bostirib kirishidan bir necha daqiqa avval olib chiqib ketilgandi.

Kapitoliyga hujum qilinishi bo‘yicha Federal qidiruv byurosi 160ta ish ochgan, kamida 150 nafar kishiga nisbatan ayblov ilgari surilgan.

Mavzuga oid
Top