00:56 / 25.02.2021
4430
La Liga. «Barselona» qoldirilgan o‘yinda «Elche»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Messida dubl
Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda  «Barselona» o‘z uyida autsayderlardan biri «Elche»ga javobsiz 3ta to‘p kiritdi. Messi dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Alba hisobiga yozildi. 

«Barselona» ochkolarini 50taga yetkazib, 3-o‘ringa qaytdi. «Elche» 21 ochko bilan 19-pog‘onada qoldi. 

La Liga, 1-tur

Barselona — Elche 3:0
24 fevral, «Kamp Nou»
Gollar: Messi (47, 69), Alba (73).
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Mingesa, Pike (Langle, 77), Alba (Dest, 77), Pyanich (Dembele, 46), de Yong, Pedri, Trinkau (Buskets, 67), Breytueyt (Grizmann, 76), Messi. 
Elche – Badiya, Migel Anxel (Fidel, 60), Xosema, Verdu, Moxika, Rigoni (Morente, 60), Mfulu (Luismi, 81), Milya (Nino, 72), Guti, Barragan, Boyye (Karrilo, 72).

Top