11:43 / 25.02.2021
3000

Navoiy xalqaro aeroporti MDH aeroportlari assotsiatsiyasi tomonidan taqdirlandi

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari aeroportlari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun 1990 yilda tuzilgan «Aeroport» nodavlat-notijorat tashkiloti 2020 yilgi pandemiya sharoitida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgani va hudud iqtisodiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Navoiy xalqaro aeroportini faxriy yorliq bilan taqdirladi.

Avvalroq Kun.uz sayti Navoiy xalqaro aeroportini 10 oy davomida (2020 yilning noyabr oyigacha) vaqtincha boshqargan Alisher Qlichev bilan suhbat o‘tkazib, unda aeroport erishgan salmoqli natijalar, ijobiy o‘zgarishlarga olib kelgan omillar tahlil qilingandi. Xususan, aeroport jamoasining maishiy muammolarini hal qilish, ularning dardini eshitishning o‘zi jamoani jipslashtirgani, alal-oqibat jamoa bir oiladek bo‘lib faoliyat yurita boshlashgani haqida so‘z borgan edi.

Alisher Qlichev

Shu bilan birga, Alisher Qlichev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tugagani zahoti u ishdan olingani, aeroport jamoasi Qlichevni aeroport rahbarligida qoldirishni so‘rab yuqori idoralarga murojat etgani haqida yozilgandi.

Mavzuga oid
Top