00:40 / 26.02.2021
7432

Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2,5 milliondan oshdi

Foto: AP

Jons Hopkins universiteti bergan ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni 2 500 770 kishiga yetdi.

O‘lim soni bo‘yicha birinchi o‘rinda AQSh (506 232), ikkinchi o‘rinda Braziliya (249 957), uchinchi o‘rinda Meksika (182 815) turadi. Undan keyin Hindiston, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya va Rossiya.

Umumiy qilib olganda dunyoda 112,6 mln kishi koronavirusni yuqtirgan.

Avvalroq Pfizer va BioNTech koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasini sinovdan o‘tkazishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top