14:00 / 26.02.2021
2946
Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Dardoq” jome masjidi qurilishiga ko‘mak berib savobga ega bo‘ling

O‘zbekistonda mavjud masjidlarni mukammal ta'mirlash, yangilarini barpo etish ishlariga saxovatpesha insonlar salmoqli hissa qo‘shib kelishmoqda. Ularning beminnat yordami bilan ko‘plab masjidlar ko‘rkam holatga keltirilyapti. Bunday savobli ishlar ayni kunlarda Andijon viloyatida ham davom etmoqda.

Xususan, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Dardoq qishlog‘ida “Dardoq” jome masjidi bunyod etilayotir. Mazkur masjid qurilishini yoritish maqsadida Dardoqqa bordik. Bu qishloq ahli ayni paytgacha bundan 100 yil oldin qurilgan, eskirib nuray boshlagan, yetarli sharoitlarga ega bo‘lmagan masjidda ibodat qilib kelayotgan edi.

Endilikda barpo etilayotgan yangi masjidning shu atrofdagi 9 ta mahallada yashovchi 23 mingdan ziyod aholi vakillariga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Yangi masjid qurilishi 2019 yilda boshlangan bo‘lib, hozirgacha 60 foiz ishlar bajarilgan. Jumladan, xonaqoh binosi ko‘tarilib, qubba bitkazilgan. Ayni paytda xonaqohda polni bitkazish, derazalar o‘rnatish va bezak ishlariga, shuningdek, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi tahoratxona hamda masjid devorlari uchun mablag‘ yetmay turibdi.

“Dardoq qishlog‘i hududida 12 ta mahalla bor. Shu mahallalar uchun markazda “Dardoq” jome masjidi mavjud. Dardoq aholisi shu masjidga kelib ibodat qiladi. Bu masjidimiz qurilganiga bir asr bo‘lib qoldi. Shuning uchun masjidimiz hozir nuragan holatda. Endi shuni o‘rniga yangi masjid quryapmiz.

2019 yilda qurilish boshlangan, shundan beri ko‘p ishlarni qildik. Allohga shukr, homiylar va aholining yordami bilan hashar qilib, yangi masjidimizni shu darajaga yetkazdik. Endi mablag tomondan qiyinchilik bo‘lyapti.

Eski masjidimizda 800 ta odam ibodat qilib, namoz o‘qir edi. Yangi masjidni bitkazsak, Xudo xohlasa, 3 mingdan ziyod odam namoz o‘qiydi. Masjidimizda hozir ustalar qiladigan ishlar qolyapti. Mutaxassislar bo‘lishi kerak.

Ularni ishlatish uchun mablagdan qiyinchilik bo‘lib turibdi. Shu tomondan yordam beradigan saxovatli insonlar bo‘lsa, shunga yordam berishlarini so‘raymiz”, - deydi Zarbuloq mahallasida yashovchi fuqaro Olimjon Xalilov.

Yangi masjidni 2021 yil dekabr oyida ochish mo‘ljallangan. Shu bois dardoqliklar Alloh taoloning baytidagi xayrli ishlarni chiroyli tarzda oxiriga yetkazish uchun saxovatpesha insonlardan yordam kutmoqda.

Aziz yurtdoshlar! Bugun qilgan savobli amallarimiz oxiratimizga zamindir. Siz azizlarni ham masjid qurilishiga hissa qo‘shishdek xayrli ishga chorlab qolamiz. Alloh taolo qilgan ehsonlaringizning savoblarini ko‘paytirib bersin.  

Xayrli ishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun:

Masjid qurilishiga mas'ul Muzaffarjon Abubakirov nomiga ochilgan kartalar:

 Uzcard: 8600 0204 7069 2141

Humo: 9860 1201 1872 9298

Visa: 4231 2000 0073 6008

SBeRBANK: 4276 3801 5780 2658 (Saidolim Abdullajonov nomida)

Milliy bank Andijon filialida “Dardoq jome masjidi” qurilishi uchun ochilgan hisob raqami: 20212000604002004001

INN: 202915024 MFO: 00074

Masjid qurilishiga ma'sul Ilhomjon Iminjonovning telefon raqami: +99890 937-01-89

Elmurod Ermatov
Tasvirchi va montaj ustasi:
Jahongir Mahmudov

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top