20:31 / 26.02.2021
2466

Tovar-xomashyo birjasi: 6–7 mart kunlari elektron savdo tizimlari vaqtincha ish faoliyatida bo‘lmaydi

 «O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» AJ markaziy apparat binosi joylashgan hududga kirib keluvchi internet aloqa tarmoqlari yo‘lida qurilish ishlari olib borilishi sababli, 2021 yilning 6-7 mart kunlari optik kabellar yo‘nalishini o‘zgartirish bo‘yicha texnik ishlar amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan, 2021 yil 6-7 mart kunlari:

  • "O‘zRTXB" AJning elektron savdo tizimlari, jumladan xarid.uz, etender.uzex.uz, yarmarka.uzex.uz, mobilraqam.uzex.uz, avtoraqam.uzex.uz va birjaning rasmiy veb-sayti uzex.uz vaqtinchalik ish faoliyatida bo‘lmaydi.
  • Davlat xaridlarining elektron do‘kon va ko‘rgazma-yarmarka savdolarida 6-7 mart kunlari yakunlanadigan lotlar bo‘yicha savdoning oxirgi kunlari mos ravishda 9 va 10 mart kunlariga ko‘chiriladi.
  • Bundan tashqari, rasmiylashtirishning so‘nggi kunlari 6-7 martga to‘g‘ri kelgan avtoraqamlar va mobil raqamlarni mos ravishda 9-10 mart kunlari rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi

Top