07:51 / 27.02.2021
8312

27 fevral kuni O‘zbekistonda havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

27 fevral kunduz kuni O‘zbekistonda havoning iliq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi

Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatining ba'zi joylarida biroz qor yog‘adi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 0-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi, ba'zida esa havo ochiq bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 2-4 daraja iliqqacha ko‘tariladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida ba'zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top