23:39 / 27.02.2021
5026
Armaniston mudofaa vazirligi armiya siyosatdan tashqarida ekanligini ma'lum qildi

Avvalroq muxolifat yetakchilaridan biri Gegam Manukyan Armaniston qurolli kuchlarining barcha bo‘linmalari qurolli kuchlar bosh shtabi rahbariyatining bosh vazir Nikol Pashinyanning iste'fosini talab qilib chiqqan bayonotiga qo‘shilganini aytgandi.

Armaniston qurolli kuchlari respublika xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarishda davom etmoqda, deb ma'lum qildi mamlakat mudofaa vazirligi.

Vazirlik bayonotida ta'kidlanishicha, qurolli kuchlar siyosiy jarayonlardan qat'i nazar, davlat va xalq xavfsizligini ta'minlash uchun xizmat qilishda davom etadi.

Bayonotda mudofaa vazirligi nomidan bayonotlar bermaslik va armiyani siyosiy jarayonlarga jalb etmaslikka chaqirilgan.

Avvalroq muxolifat yetakchilaridan biri Gegam Manukyan Armaniston qurolli kuchlarining barcha bo‘linmalari qurolli kuchlar bosh shtabi rahbariyatining bosh vazir Nikol Pashinyanning iste'fosini talab qilib chiqqan bayonotiga qo‘shilganini aytgandi.

27 fevral kuni Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Pashinyanning qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyanni lavozimidan bo‘shatish to‘g‘risidagi so‘rovini rad etdi.

Qonunchilikka ko‘ra, bosh vazir bir so‘rovni ikkinchi marta yuborish huquqiga ega. 

Pashinyan bu huquqidan foydalandi. U Armen Sarkisyanga Onik Gasparyanni ishdan bo‘shatishni so‘rab yana bir marta murojaat qilgan.

Top