10:53 / 28.02.2021
9512

House 6° – yorqin me'morchilik minimalizmi

Gretsiyaning Mado Samiou Architecs me'morchilik jamoasi buyurtmaga haqiqiy minimalistik durdonani yaratdi – House 6° hovlisi.

Oppoq go‘zallik

Yo‘q, bu fotomtontaj emas, loyiha ham emas. Bu qurilishi 2020 yilning noyabrida muvaffaqiyatli tugallangan rostakam hovli.

O‘zgacha hovli mualliflari va me'morlari Mado Samiou Architecs studiyasi jamoasi.

Yangi rezidensiya nomi House 6° bo‘lib, u Lagonissi tumanidagi Kononaki degan mavzeda joylashgan. Hovli Afina yaqin. U shahar peyzajidan inson qo‘li yetmagan tabiat landshaftlariga o‘tishni tamsil qiladi. 6° - inshoot aynan shu adirning tabiiy nishabligiga qarama-qarshi burchak ostida yerdan qad ko‘tarib turadi.

Mijoz maksimal darajadagi oddiy shakldagi yaxlit monolit oq tosh istagandi – me'morlar mijoz istagini qoyilmaqom qilib amalga oshirishdi. Yirik parallelipiped yunonlarning mashhur Attikasiga tashrif buyurgan sayyohlarning hayratga solib yer uzra «osilib» turibdi.

Qarorgohning original konstruksiyasi mijozga nafaqat tanholik va himoyani kafolatlaydi, balki bu hududda dam-badam esib turadigan kuchli shamollardan ham asraydi. Inshootning ichki qismi kun bo‘yi o‘zgarib turuvchi tabiiy yorug‘lik bilan ta'minlovchi oynavand shiftlar bilan qoplangan.

Interer ham ekstererning minimalizmini davom ettiradi. Undan tashqari, ba'zi ichki detallar tashqilari kabi polga «cho‘kib» ketgan. Yotoqxonaning fotolarida bu yaxshi ko‘rinadi.

House 6° aqlni oladigan, yorqin va g‘ayrioddiy chiqqan. Mijoz buyurtmadan ko‘ngli to‘lgan, arxitektura kompaniyasi esa sifatli amalga oshirilgan loyihadan g‘ururga to‘la. An'anaga ko‘ra, uy qanchaga tushgani ma'lum qilinmadi.

Top